AQŞ harbiy S-130 yuk samolyotlari bilan Ğazo sektoriga gumanitar yordam yetkazişni boşladi. Prezident Jo Bayden insonparvarlik yordami karvonidan yuklarni olişga uringan 100 dan ortiq falastinlik Isroil qöşinlari bilan töqnaşuvda halok bölganidan söng, ularni havo orqali yetkazişni buyurgan edi.

Uçta yuk samolyoti Ğazo sektoriga 38 mingta taom solingan paketlarni taşladi. AQŞ rasmiysiga köra, yordam Ğazo sektorining janubi-ğarbiga – Örta yer dengizi sohiliga yetkazilgan.

Bugungi ta’minot bilan AQŞ gumanitar yordamni muntazam ravişda yetkazib berişi kutilmoqda. Yordam yetkazib beriş Iordaniya bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.

Ğazo sektori Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 1 mart kuni karvon tomonidan yetkazilgan insonparvarlik yordamini olişga uringan kamida 115 falastinlik halok bölgan, yana yuzlab odamlar jarohatlangan. Isroil rasmiylariga köra, halok bölganlarning köpçiligi tiqilinç qurbonlari bölgan.

Oq uy milliy xavfsizlik vakili Jon Kirbining aytişiça, havo orqali yordam Ğazo sektoridagi murakkab vaziyatni hal qilişi mumkin, ammo bu köproq yuk taşiş imkonini beruvçi quruqlik orqali ta’minotning örnini bosa olmaydi. BMT ma’lumotlariga köra, Ğazoning 2,3 million aholisining çorak qismi oçarçilik xavfi ostida. BMT rasmiylari yordamni havo orqali yetkaziş samarali emasligini, bu sönggi çora ekanini ta’kidlamoqda.