SSSRga qoçib kelgan amerikaliklar kim edi? Ittifoq parçalangaç unutilgan oila tarixi
|16:35 / 03.03.202442 27013 min
1986 yilda Amerikada yaşovçi oila SSSRga qoçib keladi. Bunga oila boşliği bölgan erkakning azaldan sovetlarga xayrixohligi sabab böladi. U 1960-yillardayoq AQŞ kommunistik partiyasiga a’zo bölgan edi. Oila SSSRga köçib kelgaç köp ötmay mamlakat parçalanib ketadi va amerikaliklar tamoman unutiladi. Söng oila a’zolari turli tomonga tarqab ketib, erkak yolğiz qoladi.
1917 yilda sodir bölgan Oktyabr töntarişidan keyin Rossiyada söng SSSRda mislsiz qatağonlar boşlanib ketgan bölsa-da, bu davlat taşqi dunyoga özini adolatparvar va xalqçil qilib körsatardi.
Şu sababli 1920-yillardan boşlab dunyoning köplab davlatlarida kommunistik partiyalar tuziladi. Bu partiyalarga SSSRdagi mislsiz qatağonlardan bexabar insonlar a’zo böla boşlaydi.
Ular kommunistlar tomonidan ötkazilayotgan «qizil terror» va boşqa qatağonlar haqida eşitmagan, «sovetlar yurti»da boylar va örtahollarning mulklari tortib olinganini bilmas, hamma teng, barça narsa xalqqa berilgan deb öylardi.
Aslida esa vaziyat tamoman boşqaça, ötmişi şubhali bölgan bir guruh şaxslar SSSRda hokimiyatni egallab olib, odamlarni mislsiz qatağon qilmoqda edi. AQŞ kommunistik partiyasi ham öşa talatöp zamonlarda, 1919 yilda tuzilgandi.
Vikipediya ma’lumotlariga köra, 1930-yillarda AQŞ kommunistik partiyasining 30 ming a’zosi bölgan. 1939 yilga kelib ularning soni 100 minggaça köpaygan.
Ikkinçi jahon uruşidan söng ularning soni keskin kamaygan va 1950-yillar örtalarida bor-yöği 10 ming nafar qolgan. 2017 yil ma’lumotlariga köra hozirda AQŞ kommunistik partiyasining 5 ming a’zosi bor.
Ötgan asrning 60-yillarida ayrim amerikaliklar kommunistik partiya ta’siriga tuşar ekan, ular Kubaga borganda Fidel Kastro qanday qilib hammani yöqsilga aylantirganini körişsa ham öz maslaklaridan qaytişmasdi.
Ana şunday insonlardan biri amerikalik biolog olim Arnold Lokşin va uning xotini Loren Lokşin edi. Ular kommunistik ğoyalarga şunçalik sodiq ediki, oxir-oqibat er-xotin farzandlari bilan SSSRga qoçib keladi.
Lokşinlar oilasi Moskvada
www.yaplakal.com
Kommunistlar oilasi
Arnold Lokşin 1939 yilda San-Fransiskoda tuğilgan. 1960 yilda Berklidagi Kaliforniya universitetini tugatgan. Söng Madisondagi Viskonsin universitetida aspirant bölgan. 1965 yilda bioximiya böyiça doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.
Keyinroq Harvard universitetiga işga ötgan va u yerda talabalarga bioximiyadan dars bergan.
Mavzuga oid
Arnold Amerikada Yangi söllar deb atalgan kommunistik va sotsial-demokratik qaraşlarga ega harakat a’zosi bölgan. 1960 yilda u AQŞ kommunistik partiyasiga a’zo böladi va Kubaga borib keladi.
U asosiy işidan ayrilmagan holda bir neça yil AQŞ kommunistik partiyasining Ohayo ştatidagi siyosiy taşkilotçi vazifasida ham işlaydi.
1972 yilda Janubiy Kaliforniyaga köçib ötadi va mahalliy universitetda işlay boşlaydi.
Arnoldning xotini, Loren Lokşin 1945 yilda Nyu-Arkda tuğilgan. 1967 yilda Mayami universitetini Amerika madaniyati yönalişida bitiradi.
Loren aspiranturani Hayvorddagi Kaliforniya universitetida öqiydi va 1969 yilda Arnoldga turmuşga çiqadi. Loren ham eri kabi Yangi söllar harakati a’zosi, şuningdek uruşga qarşi bölganlar harakati aktivi edi.
Loren AQŞdagi Yoş işçilar ozodlik harakati a’zosi ham bölgan va uning Ohayo bölimi raisi sifatida işlagan. Bu taşkilot SSSRdagi komsomol taşkilotining Amerikadagi öxşaşi edi. Şu sababli Lorenni 1970 yilda komsomollarning 16-s’yezdida qatnaşişi uçun SSSRga taklif etişadi. Keyinçalik u ham AQŞ kommunistik partiyasiga a’zo böladi.
Lokşinlar oilasi. Fotosurat Lorenning onasi ularni körgani Moskvaga kelganda tuşirilgan.
dzen.ru
Er-xotin Lokşinlar AQŞda birmunça taniqli odamlar bölişgan. Şu sababli ularni doimo MRB yoki FQB xodimlari kuzatib yurişgan. Ayniqsa 1970 yilda Arnold Loren SSSRga kelib ketganidan söng kuzatuvlar davomli tus olgan.
1980 yilda Arnold Lokşin Xyustondagi onkologik tadqiqotlar laboratoriyasiga işga kiradi. Biroq 1986 yilda uni tösatdan işdan böşatişadi. Öşa paytda u bioximiya sohasi böyiça professor unvoniga ega edi.
Öşa paytda xususiy kompaniyalardan birida kosmetika mahsulotlari savdosi böyiça agent bölib işlayotgan Lorenni ham işdan böşatişadi. Er-xotin işsiz qolişadi.
Arnold va Loren uç nafar farzand körişgan. Jyennifer 1971 yilda, Jyeffri 1975 yilda, Maykl esa 1981 yilda tuğilgan.
SSSRdan siyosiy boşpana söraş
Işdan böşatişgani Lokşinga yomon ta’sir qiladi. Şunda u SSSRga köçib ötişga qaror qiladi. Biroq bu işni oşkora qilişning iloji yöq edi. Şu sababli er-xotin Lokşinlar Yevropa orqali SSSRga qoçişga qaror qilişadi.
Lokşin oilasi bilan avval GFRga keladi. Şu yerda u sovet konsulxonasiga borib siyosiy boşpana söraydi. Sovetlar uning sörovini qondirişadi va SSSRga kelib yaşaşga ruxsat berişadi. Şundan söng Lokşinlar oilasini Moskvaga jönatib yuborişadi.
Arnold Lokşin va uning xotini
RIA Novosti
Öşa paytda Lokşin SSSRdagi hayot tarzi Amerikadagidan keskin farq qilişini bilmasdi. Okean ortidagi şohona hayotni SSSRdagi kamtarona hayotga tenglab bölmasdi. Balki u sovet ittifoqidagi vaziyatni bilganda bu davlatdan siyosiy boşpana söramasdi.
Taniqli olimning “çirigan kapitalizm”dagi hayotdan voz keçib, SSSRdan siyosiy boşpana söraşi sovet amaldorlarini juda xursand qilib yuboradi.
Mamlakatdan har yili minglab odamlar turli yöllar bilan Ğarbga qoçib ketayotgan paytda amerikalik oilaning garçi ular kommunistik qaraşlarga ega bölsa ham SSSRga köçib kelişi sovetlar uçun kiçik bir yupanç, ehtimolki katta ğalaba edi.
Er-xotin uç nafar farzandi bilan Moskvaga yetib kelganda ularni kimsan SSSR oliy soveti prezidiumi raisi Andrey Gromiko kutib oladi.
Söng darhol qoçoqlar iştirokida matbuot anjumani taşkillaştiriladi. Matbuot anjumanini Arnold “Bizni endi erkin hayot kutmoqda” degan balandparvoz gaplar bilan boşlaydi.
Lokşinlar oilasi Qizil maydonda
trinixy.ru
Söng Arnold va Loren kommunistik qaraşlarga ega bölişgani uçun Amerika maxsus xizmatlari özlarini tinç qöymagani, oxiri SSSRga köçib kelişga qaror qilişgani haqida gapirib berişadi.
Matbuot anjumanidagi gaplar qöşib çatilgan holda biroz köpirtirilib SSSRdagi barça gazeta va jurnallarda beriladi. Televideniyeda körsatiladi, audio körinişida radioda efirga beriladi.
Keyinçalik ma’lum bölişiça, SSSR Lokşinlarga “begona” emas, millati yahudiy bölgan Arnoldning bobosi va buvisi bir paytlar Rossiyada yaşagan, inqilobdan avval Amerikaga köçib ketişgan ekan.
Keyinçalik, Rossiya OAVlaridan biriga bergan intervyusida Arnold nega SSSRni tanlaganini gapira turib şunday degandi:
“Öşa paytda avvaliga Kubaga ketiş rejasi ham bor edi. Men bu davlatda 1960 yilda bölganman. Biroq köp ötmay AQŞdan Kubaga çiqiş butunlay taqiqlandi. Şundan söng SSSRga kelişga qaror qildik. Çunki Rossiya bizga begona emas, bobom va buvim şu davlatda tuğilgan va yaşagan. Ota-onam esa Xitoydagi Xarbin şahrida ruslar orasida tuğilgan va ularning ikkalasi ham rus tilini yaxşi bilişardi”.
Öşa paytda Lokşinlar haqida eşitganlar hayron qolişadi. Köplab sovet fuqarolari Ğarbga çiqib keta olmayotgan paytda amerikalik qanday qilib öz oilasi bilan qamoqxonaday bölgan davlatga köçib borişi mumkin?
Yolğon tarğibot köp işlarga qodir va u hatto Amerikada şohona yaşayotgan oilani ğarib bir davlatga qoçib kelişga unday oladi. Lokşinlar bilan aynan şunday böladi.
Arnold Lokşinning qaynonasi ularni körgani Moskvaga kelgan payt
SSSRdagi hayot va unutiliş
Lokşinlar oilasiga darhol hukumatga tegişli köp qavatli uydan tört xonali kvartira ajratişadi. Bu uylar oddiy odamlarning uylariga qaraganda yaxşiroq jihozlangan edi.
Keyin esa Arnold va Lorenni darrov işga joylaştirişadi. Arnold N.Bloxin nomidagi onkologiya ilmiy markazida işlay boşlaydi.
Öşa paytlarda Afğon uruşi tufayli SSSR iqtisodiyoti ortga ketayotgan, mamlakat muammolar girdobiga tuşayotgan davrlar edi. Arnold bularning barçasini körib turardi, biroq ortga qaytişning iloji yöq edi.
AQŞ hukumati Lokşinlar oilasi SSSRga qoçib ketganidan ularning fuqaroligini bekor qilgan, er-xotin ortga qaytmoqçi bölsa ham katta ehtimol bilan AQŞga kiritilmasdi. Şu sababli Arnold va Loren SSSRda çidab yaşaşga majbur edi.
Lekin Arnold sir boy bermasdi. 1989 yilda u “Pinhona terror: AQŞdagi oilaning siyosiy ta’qib qilinişi tarixi” deb nomlangan avtobiografik asarini çop ettiradi.
Arnold Lokşin yozgan kitob
Arnold Gorbaçyovning qayta quriş islohotlariga qarşi bölgan. Öşa paytlarda u “Men demokratik emas, sotsialistik davlatga kelganman”, deb aytib yurgan.
1991 yil SSSR parçalanib ketgaç Lokşin işlayotgan muassasa ham oğir iqtisodiy vaziyatga tuşib qoladi. Laboratoriya yopiladi va Arnoldni işdan böşatişadi. Er-xotin SSSRga kelganidan afsuslanadi.
Biroq ular AQŞga qaytib bora olmasdi. Bunga AQŞ hukumati qarşi bölmasdi, şunçaki Arnold va Lorenning ğururi yöl qöymaydi.
Arnold va uning oilasi sovet davrida SSSR fuqaroligini olişga ham ulgurmagandi. 1992 yilda Yelsin ularga Rossiya fuqaroligini beradi.
Işsiz qolgan Arnold tarjima bilan şuğullanadi, xotini esa pulli tögarak oçib bolalarga ingliz tilidan dars bera boşlaydi. Lekin baribir vaziyat oğirligiça qoladi.
“SSSR parçalanib ketgaç oilamiz uçun oğir damlar boşlandi. Loren va meni işdan böşatişdi. Tarjima ortidan topayotgan pulimiz oilaga zörğa yetardi. Öşa paytda bizni taniydiganlar “qiyinçiliklarga çiday olmay tez orada Amerikaga qaytib ketadi”, deyişardi. Biroq menda bunday reja bölmagan”, degan edi keyinçalik Arnold.
Keksayib yolğiz özi qolgan Arnold Lokşin
marketsignal.ru
Intervyu va yolğizlik
Arnold Rossiya OAVdan biriga sönggi marta 2017 yilda intervyu bergandi. Öşanda u Moskvadagi kvartirasida yolğiz yaşayotgan edi.
Olim intervyuda SSSR parçalanib ketgandan söng bir neça yil oilasi bilan qiyin şaroitda yaşaganini, oqibatda xotini uni taşlab Amerikaga ketib qolganini, bolalari bilan körişmasligini gapirib bergandi.
Ma’lum bölişiça, bolalari ulğaygaç alohida yaşay boşlaşgan. Arnold va xotini yolğiz qolgan. Keyinçalik Arnold xotini bilan ajraşadi va Loren AQŞga qaytib ketadi. Şundan söng u butunlay yakkalanib qoladi.
Qizi Jyennifer fizika, matematika va iqtisodiyot böyiça mutaxassis bölgan. Öğli Jyeffri ham iqtisodiyot yönalişida tahsil oladi va keyinçalik Qozoğistonga köçib ötadi va Nazarboyev nomidagi universitetni oçib, öşa yerda dars beradi.
Jyeffri Lokşin
dzen.ru
Rusça Mixail ismini olgan Mayk Moskva davlat universitetining psixologiya yönalişida tahsil oladi. Biroq u öz sohasida işlamaydi va kinematografiyaga ötib ketadi.
Mixail Rossiyada işlab yurgan bölsa ham u ança yillar avval AQŞ fuqaroligini olgandi. 2021 yilda u AQŞga köçib ketadi.
2022 yil 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç Mixail uruşga qarşi çiqadi. Şundan söng unga qarşi kampaniya boşlab yuboriladi.
Mixail 2020 yilda Mixail Bulgakovning «Usta va Margarita» asari asosida film suratga oliş işlarini boşlab yuborgandi. 2024 yil yanvar oyida Rossiyada filmning taqdimoti ötkaziladi va bu katta janjal kelib çiqişiga sabab böladi.
Umuman olganda sovet davrida juda katta-şov-şuvlar bilan SSSRga qoçib kelgan va hammaning e’tiborida turgan Lokşinlar oilasi davlat parçalanib ketgaç barçaning esidan çiqdi.
Bugun u yolğiz holda Moskvadagi oddiy kvartirasida davlat tomonidan berilayotgan kamtargina 20 ming rubl (200 dollardan sal oşadi) hisobidan yaşayapti.
U ança yillardan buyon goh-gohida “Amerika imperalizmi” haqida tanqidiy maqolalar yozib ularni turli saytlarda çop etib turadi. Şuningdek, u SSSRning parçalanib ketişida KGB va Gorbaçyovni ayblaydi.
Hozirda AQŞda yaşayotgan Mixail Lokşin
mirtesen.ru
Şuningdek, ança yillardan buyon FSB özini sinçkovlik bilan kuzatişini, elektron poçtasiga kirib u yerga kelgan xabarlarni yaşirinça tekşirib turişlarini aytadi.
Arnold Lokşin oilasi bilan uzoq yillardan buyon aloqasi yöqligiga şunday izoh beradi:
“Men na xotinim va na bolalarim bilan ança yillardan buyon muloqot qilmayman. Bizning ajraşib ketişimizga turli bölgan qaraşlarimiz sabab bölgan. Bu oddiy kelişmovçilik emas. Xotinim va bolalarim barrikadaning narigi tomoniga ötişdi. Men esa öz qaraşlarim bilan bu yoqda qolib ketdim”.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi