Agar Qöşma Ştatlardan yordam tez orada kelmasa, Ukraina Rossiya bilan «energiya uruşida» mağlubiyatga uçraşi mumkin. Bu haqda Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasi boş direktori Maksim Timçenko 3 mart, yakşanba kuni çop etilgan Financial Times (FT) gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy fevral oyi oxirida Vaşingtonda qolib ketgan yordam «bir oy içida» kerak bölişini ta’kidladi.
Ukrainaning ğalabasi «nafaqat frontdagi odamlarga, balki iqtisodiyotimiz qanday omon qolişiga ham boğliq. Bizning işlab çiqariş quvvatlarimiz va oddiy kompaniyalarimiz qanday işlaşda davom etişiga boğliq», - deya qöşimça qildi DTEK rahbari. Elektr ta’minoti «yozda ham, qişda ham bir xil ahamiyatga ega», dedi u.
Timçenko: Rossiya zarbalari bilan öz maqsadiga tobora erişmoqda
Qişning dastlabki oylarida Ukraina öz energetika infratuzilmasini himoya qilişga köproq tayyorgarlik kördi va bunga qodir edi, biroq sönggi haftalarda «köproq uçuvçisiz uçoqlar va raketalar nişonga yetib bormoqda», dedi Timçenko. Mamlakat Ğarb öq-dorilari kamayişi fonida samarali havo hujumidan mudofaa tizimini joylaştirişga harakat qilmoqda, deya tuşuntirdi FT manbasi.
«Har hafta öqqa tutilgandan söng energiya jihozlarimizni tiklaymiz. Va himoyasiz bölib borayotganimizni his qiliş bizning işonçimizga juda zararli», - deya qöşimça qildi DTEK rahbari. U qiş tugaşi munosabati bilan talabning pasayişi kutilayotganiga qaramay, kelgusi olti oyda böşaşmaslikka çaqirdi.
Timçenko rahbarlik qilayotgan korxona Ukrainaning energiyaga bölgan ehtiyoji qariyb 20 foizini qoplaydi. Rossiyaning keng kölamli harbiy hujumidan beri DTEK öz infratuzilmasiga 9700 dan ortiq hujumni qayd etdi. Kompaniya ma’lumotlariga köra, issiqlik elektr stansiyalarida 160 ga yaqin zarbalar bölgan.
Kongressda Ukrainaga yordam körsatiş loyihasi qolib ketdi
AQŞ Kongressi 2023 yil oktyabridan Kiyevga moliyaviy yordam körsatiş töğrisidagi qonun loyihasini muhokama qilmoqda. Fevral oyi örtalarida Senat Ukraina, Isroil va Tayvanga yordam sifatida 95 milliard dollardan ortiq mablağ ajratiş taşabbusini ma’qullagan edi.
Endi hujjat Vakillar palatasi tomonidan ma’qullanişi kerak, biroq spiker Jyeyms Maykl Jonson uni katta ehtimol bilan rad etişini aytdi. Sababi, hujjatning amaldagi tahririga quyi palatada hukmron Respublikaçilar partiyasi ta’kidlayotgan narsa - AQŞ janubiy çegarasida nazoratni kuçaytiriş xarajatlari kiritilmagan.












