Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) Rossiya armiyasi tomonidan öqqa tutiş oqibatida mamlakat energetika sohasida yuzaga kelgan oğir vaziyatga qaramay, Ukrainaning DTEK elektr operatoriga yordam bermaydi. Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera naşri 24 noyabr, yakşanba kuni YeTTB prezidenti Odil Reno-Bassoga tayanib yozmoqda.

Reno-Bassoning sözlariga köra, bankning bunday qarori mahalliy oligarxlarga tegişli Ukraina kompaniyalariga yordam berişni istamaslik bilan boğliq. DTEK egasi esa Ukrainaning eng boy odami Rinat Axmetov bölib, uning boyligi kamida tört milliard dollarga baholanadi.

«Iqtisodiyotni oligarxlar ta’siridan ozod qiliş maqsadi mutlaqo fundamentaldir va biz bu borada juda qat’iy nuqtayi nazarga egamiz: bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi uçun amalga oşirilişi kerak bölgan islohotlarning bir qismidir», — deydi bank prezidenti. 

Uning qöşimça qilişiça, bu masalada murosaga keliş «uzoq muddatda mamlakat istiqboliga putur yetkazadi». Uning fikriça, vaziyatni özgartiriş uçun Axmetovning kompaniya ustidan nazoratini zaiflaştiriş maqsadida «kengroq islohotlar» va «tuzilmani özgartiriş» kerak. «Uruş paytida oligarxlarning roli zaiflaşdi, ammo undan keyin hamma narsa boşqaça bölişi mumkin», deya qöşimça qildi u.

YeTTB Yevropa instituti bölmasa-da, uning aksiyadorlari qatoriga Yevropa Ittifoqi, uning barça a’zolari va Yevropa investitsiya banki kiradi.