Ukrainaning DTEK elektr energiyasi operatori Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining (YeTTB) biznesmen Rinat Axmetovning unga ta’siri tufayli kompaniyani moliyalaşdan boş tortgani haqidagi bayonotiga izoh berdi. «DTEK guruhi YeTTB rahbarining kompaniya va uning aksiyadori haqidagi yolğon ma’lumotlardan iborat izohlaridan hafsalasi pir böldi», — deyiladi kompaniyaning 26 noyabr, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotida.

Kompaniyaning ta’kidlaşiça, Ukraina uçun muhim elektr energiyasining 12 foizini işlab çiqaradigan DTEK na Ukraina, na Yevropa qonunlariga köra monopolist emas. «Yevropa komissiyasi bilan kelişilgan oligarxiyaga qarşi qonun qabul qilinganidan keyin kompaniya aksiyadori mutlaqo oligarx hisoblanmaydi», — deyiladi bayonotda. Şuningdek, DTEK ğarb hamkorlari bilan Rossiya tomonidan vayron qilingan infratuzilmani tiklaş va Ukraina energetika tizimini Yevropa tizimiga integratsiyalaş böyiça iş olib borayotgani qayd etilgan.

Bir kun avval operator AQŞ hukumati va Yevrokomissiya DTEK'ga Rossiya zarbalari natijasida vayron bölgan quvvatlarni tiklaş va elektr stansiyalarini qişga tayyorlaş uçun 106,6 million yevro miqdorida yordam berişini ma’lum qilgan edi. DTEK ta’kidlaşiça, har qanday moliyaviy yordam olişda kompaniya «korrupsiyaga qarşi qat’iy böladi va şaffoflik çoralariga rioya qiladi».

Kompaniyaning rasmiy veb-saytida «DTEK guruhi 100 foizga SCM Limited kompaniyasiga tegişli. Yakuniy benefitsiar Rinat Axmetov» deb yozilgan.

YeTTB Ukrainaning DTEK energooperatorini moliyalaştirmaydi

Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) Rossiya armiyasi tomonidan öqqa tutiş oqibatida mamlakat energetika sohasida yuzaga kelgan oğir vaziyatga qaramay, Ukrainaning DTEK elektr operatoriga yordam bermaydi. Bu haqda Italiyaning Corriere della Sera naşri 24 noyabr kuni YeTTB prezidenti Odil Reno-Bassoga tayanib yozmoqda.

Reno-Bassoning sözlariga köra, bankning bunday qarori mahalliy oligarxlarga tegişli Ukraina kompaniyalariga yordam berişni istamaslik bilan boğliq. DTEK egasi esa Ukrainaning eng boy odami Rinat Axmetov bölib, uning boyligi kamida tört milliard dollarga baholanadi.

«Iqtisodiyotni oligarxlar ta’siridan ozod qiliş maqsadi mutlaqo fundamentaldir va biz bu borada juda qat’iy nuqtayi nazarga egamiz: bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi uçun amalga oşirilişi kerak bölgan islohotlarning bir qismidir», — deydi bank prezidenti.