Şveytsariyada 3 mart, yakşanba kuni bölib ötgan umumxalq referendumi natijalariga köra, fuqarolarning 58,2 foizi pensionerlarga qöşimça tölov – «ön uçinçi pensiya»ni qöllab-quvvatlagan. Ovoz berişning rasmiy natijalari AFP tomonidan e’lon qilindi.
Mahalliy kasaba uyuşmalari va söl partiyalar Şveytsariya hamda boşqa köplab Yevropa mamlakatlarida işçilar oladigan «ön uçinçi iş haqi»ga öxşaş qonun loyihasini qöllab-quvvatladi. Mamlakat böylab ovoz berişda iştirok etganlar 58 foizni taşkil qildi.
Şveytsariyadagi referendumlarda ovoz beriş özgarişlarni nafaqat butun mamlakat böylab köpçilik ovozi, balki mamlakatdagi 26 kantonning köpçilik ovozi bilan qöllab-quvvatlaşni talab qiladi, deyiladi OAV xabarida. «Ön uçinçi pensiya» 26 kantondan 16 tasida qöllab-quvvatlandi - Şveytsariyada birinçi marta kasaba uyuşmalari töğridan töğri demokratiya orqali davlat xarajatlarini oşirişni nazarda tutuvçi taklifni amalga oşirişga muvaffaq böldi.
Respublikada örtaça oylik pensiya hozirda yolğiz kişilar uçun 2450 şveysar franki (taxminan 2470 yevro), er-xotinlar uçun 3675 frank (taxminan 3854 yevro)ni taşkil qiladi. Şu bilan birga, Şveytsariya dunyodagi eng qimmat mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Şveytsariyaliklar pensiya yoşini oşirişni qöllab-quvvatlamadi
Şveytsariya hukumati yangi tölovlarga qarşi çiqdi. Rasmiylarning fikriça, bu yiliga 4 milliard şveysar frankidan ortiq qöşimça budjet xarajatlarini talab qiladi va ijtimoiy tizim barqarorligiga tahdid solişi mumkin. Islohot tarafdorlari norozilik elektoratini töplaşga muvaffaq böldi, deydi ekspertlar.
«Ön uçinçi pensiya» masalasi bilan bir vaqtda, Şveytsariyada pensiya yoşini oşiriş taklifi referendumga kiritildi. Erkin demokratik partiya (FDP) yoşlar bölimi pensiya yoşini bir yoşga, ya’ni 65 dan 66 ga kötariş, söng uni umr köriş davomiyligi bilan boğlaşni taklif qildi. Fuqarolarning 74,7 foizi bu fikrga qarşi ovoz berdi.
Şunisi e’tiborga loyiqki, Şveytsariyada pensiya yoşi böyiça avvalgi referendum atigi bir yarim yil oldin bölib ötgan - 2022 yilning sentabrida mamlakat ayollar pensiya yoşini bir yoşga, ya’ni 64 dan 65 ga oşirişga ovoz bergan edi. Şveytsariyadagi erkaklar ham 65 yoşida nafaqaga çiqadi. Taqqoslaş uçun, Germaniyada pensiya yoşi 2012 yildan boşlab bosqiçma-bosqiç ösib bormoqda va 2031 yilga borib 67 yoşga yetadi.
Umuman olganda, Şveytsariyada pensiya ta’minoti ijtimoiy tizimida islohotlar kam amalga oşiriladi - «ön uçinçi pensiya» sönggi ön yilliklardagi birinçi bunday islohot böldi. Ammo boşqa iqtisodiy sohalarda şveysariyaliklar har doim ham «söl» ğoyalarni qöllab-quvvatlamaydi - masalan, 2016 yilda fuqarolar asosiy bazaviy daromadni joriy etiş ğoyasidan voz keçdi.













