Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Qozoğiston savdo va integratsiya vaziri Arman Şakkaliyev örtasida onlayn-formatda muzokaralar ötkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri ma’lumotlariga köra, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirokidagi muzokaralar doirasida oliy darajadagi taşrif yakunlari böyiça kelişuvlarni amalga oşiriş işlari batafsil körib çiqildi, jumladan, investitsiya va savdo şartnomalari ijrosi hamda ikki tomonlama kun tartibidagi boşqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Kimyo, elektrotexnika, maşinasozlik, qişloq xöjaligi tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar hamda mavjud muammolarni birgalikda hal etiş mexanizmlari işlab çiqildi.
Muzokaralar yakuni böyiça qöşma taşabbuslarni jadal amalga oşiriş jarayonida yuzaga keladigan masalalarga tezkorlik bilan munosabat bildiriş maqsadida vazirlik va idoralarning mas’ul rahbarlariga tegişli topşiriqlar berildi, amalga oşiriş muddatlari belgilandi, şu kabi işçi uçraşuvlarni ötkaziş amaliyoti kelişib olindi.













