Özbekistonning yuk taşiş böyiça ruxsatnoma blankalarini olişni yanada soddalaştiriş maqsadida Qozoğiston Transport, Moliya va Raqamli rivojlaniş vazirlarining qöşma buyruği loyihasi işlab çiqildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi. 

Loyiha 2024 yil aprelidan boşlab «Atameken», «B.Qonisbayev», «Qaziğurt», «Qoplonbek» va «Tajyen» nazorat-ötkaziş punktlarida ruxsatnomalarni elektron şaklda berişni nazarda tutadi. 

Mahalliy taşuvçilarga elektron ruxsatnomalar beriş uçun arizalarni qabul qiliş Qozoğistonning CarGoRuqsat avtomatlaştirilgan elektron navbat tizimi orqali amalga oşiriladi. 

Qayd qilinişiça, uşbu mexanizm vijdonli taşuvçilarga Özbekiston bilan yuk taşişni soddalaştiriş hamda navbat joylari bilan çayqovçilik va ruxsatnoma blankalarini uçinçi şaxslarga topşirişni bartaraf etiş imkonini beradi. 

Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga kiruvçi mahalliy taşuvçilar ötkaziş punktlarida Özbekiston ruxsatnomalarini elektron şaklda oladi. 

Qozoğiston hududidan tranzit ötmasdan Özbekistonga kiruvçi mahalliy taşuvçilar Qozoğiston «Elektron hukumat» portali orqali Özbekiston ruxsatnomalarini olişi mumkin böladi.