Prokuratura Aleksey Navalniyning Ufadagi ştabi sobiq rahbari Liliya Çanişevaga nisbatan jazo kuçaytirilişini talab qildi. Oltinçi kassatsiya sudi işni Boşqirdiston Oliy sudiga yangi apellyatsiya körib çiqişi uçun qaytardi, dedi Navalniy ştabi sobiq koordinatorining advokati Ramil Gizatullin 4 mart, duşanba kuni.

Bu ma’lumotlarga köra, prokurorlar sudning ekstremistik jamiyat yaratiş işi böyiça hukmini öta yumşoq deb hisoblab, jazoni 7,5 yildan 10 yilgaça oşirişni talab qilmoqda. Bundan taşqari, Çanişeva işi böyiça «ekstremistik faoliyatga ommaviy da’vat»da ayblanib, 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan faol Rustem Mulyukovning işi yangi sudga yuborildi. 

«Menimça, iş qonunbuzarliklar tufayli emas, balki prokurorning iltimosiga binoan, jazo haddan taşqari «yumşoqligi» tufayli qaytarildi», - deydi Çanişevaning advokati Sergey Makarenko. U Çanişeva keyingi ikki oy davomida Perm ölkasidagi tergov hibsxonasida qolişini, keyin esa Boşqirdiston Oliy sudi prokuror talabini qanoatlantirişni taxmin qildi. Birinçi guruh nogironi va doimiy gemodializga muhtoj bölgan Mulyukov soğliği sababli qöyib yuborilişini söradi. Sud talabni qondirişdan boş tortdi. 

Liliya Çanişeva işi

2023 yil iyun oyida Liliya Çanyşeva Ufaning Kirov tuman sudi tomonidan «ekstremistik hamjamiyat yaratiş», «ekstremizmga da’vat qiliş», şuningdek, «nodavlat notijorat taşkilotini tuziş» ayblari böyiça yetti yarim yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Prokuror Çanişevani 12 yilga ozodlikdan mahrum qilişni söragan. 

Yopiq sud majlisida sönggi sözni aytgan Çanişeva özining jinoiy işini siyosiy deb atadi va buni Rossiya hamda Boşqirdiston rahbariyati tomonidan ta’qib qilinişi bilan boğladi. «Rahbariyat uzoq vaqtdan beri har qanday norozilikni yöq qilişni, odamlar va hukumat örtasida duşmanlik muhitini yaratmoqçi bölganidan yagona maqsad - 2024 yilda hokimiyatni saqlab qoliş. Lekin korrupsiya, past maoş va pensiyalar, pasayib borayotgan iqtisodiyot va kötarilgan narxlar kuzatilmoqda. Uruş ham bor», dedi u.

2017-2021 yillarda Navalniyning Ufa ştabini boşqargan Liliya Çanişeva 2021 yil kuzida Aleksey Navalniy va uning şeriklariga qarşi qözğatilgan «ekstremistik» jamoa tuziş böyiça jinoiy işda birinçi bölib uşlangan edi. U 2021 yil noyabr oyida hibsga olingan va Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining uçta moddasi bilan ayblangan.