5 mart kuni soat 11:52 da Toşkent viloyati Böstonliq tumanida zilzila sodir böldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Zilzila magnitudasi 3,6 ga teng. Çuqurlik — 15 km. Episentr esa Toşkentdan 96 km janubi-şarqda joylaşgan.
Yer qimirlaşi seziliş kuçi 2 ballni taşkil etgan.
Bu mart oyida Özbekiston hududlarida yuz bergan uçinçi zilzila hisoblanadi. 1 mart kuni Farğona viloyati Quva tumanida, 4 mart kuni Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida yer qimirlagandi.












