Professional diplomat hisoblangan Nuland Obama ma’muriyati davrida davlat kotibining Yevropa masalalari böyiça yordamçisi bölib işlagan, Donald Tramp 2016 yilgi saylovlarda ğalaba qozonib, 2017 yil yanvarida lavozimga kirişgaç, işdan ketgan va tört yil ötib Bayden ma’muriyatida davlat kotibining siyosiy masalalar böyiça yordamçisi lavozimiga qaytgandi.
U Vendi Şerman iste’foga çiqqanidan keyin uning örniga davlat kotibi örinbosari vazifasini ham bajarib turgandi — ammo yakunda Jo Bayden bu lavozimga boşqa odam topdi.
Nuland 1990-yillarda AQŞning Moskvadagi elçixonasida işlagan, keyin AQŞning NATOdagi elçisi bölgan, keyin esa — Barak Obamaning birinçi muddatida Davlat departamenti matbuot kotibi bölib işlagan.
Davlat departamenti matbuot kotibi bölganida, keyin davlat kotibining Yevropa masalalari böyiça yordamçisi sifatida işlaganida Nuland, ayniqsa 2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan keyin Ukrainani qizğinlik bilan qöllaşi tufayli köp marta Rossiya rahbariyatining qattiq jahlini çiqargan.
Sobiq davlat kotibi Jon Kerrining xotirlaşiça, Nuland Yevropa bölimiga rahbarlik qiliş uçun matbuot kotibi lavozimini tark etganida, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov uni «uşbu ayoldan qutulgani» bilan tabriklagan. Kerrining sözlariga köra, u Lavrovga undan qutulmagani, balki «lavozimini kötargani»ni aytib javob bergan.
Hozirgi davlat kotibi Entoni Blinken Nulandni öttiz yildan ortiq vaqt davomidagi faoliyati uçun maqtagan va unga olti prezident hamda 10 nafar davlat kotibi davrida AQŞning butun dunyo böylab siyosatini şakllantirişdagi roli uçun minnatdorçilik bildirgan.
«Uning sa’y-harakatlari Putinning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişiga qarşi turiş, uning strategik muvaffaqiyatsizlikka uçraşini ta’minlaş uçun global koalitsiya tuziş va Ukrainaga demokratik, iqtisodiy va harbiy jihatdan oyoqqa turişiga yordam berişda beqiyos böldi», — deyiladi Blinkenning bayonotida.
Rossiyada Nuland «Davlat departamenti peçenelari» bilan yodda qolgan — 2013 yil Kiyevdagi Maydan voqealari vaqtida u AQŞning Ukrainadagi elçisi Jyeffri Payyett bilan birga namoyişçilarning palatalar şaharçasiga taşrif buyurib, ularga elçi tomonidan keltirilgan paketlardagi buterbrodlar va buloçkalarni tarqatişgan.
Rossiya naşrlari xabarlarida bu mahsulotlar «peçene»ga özgaradi, bu söz keyin Rossiya mediasida namoyişlarning AQŞ tomonidan qöllanişini ifodalaş uçun işlatila boşlanadi.
Davlat departamenti bayonotida Nulandning iste’fosi sababi keltirilmagan.













