“Bunday natijaga erişişimizga ayollarni zöravonlik va kamsitişdan himoya qiliş borasida qabul qilingan qonunlar sabab böldi. Albatta, biz birdaniga eng rivojlangan ongli jamiyatda yaşay boşladik, zöravonlikni tag-tugi bilan yöq qildik, deya olmaymiz. Bu – qonunlarni  hayotga doimiy tatbiq qiliş, mehnat faoliyati uçun barçaga birdek şaroit yaratiş, teng iqtisodiy imkoniyat beriş ustida tinimsiz işlaşimiz zarur, degani.

Biz bugun şunday darajaga yetdikki, xotin-qizlarga faqat kvotalar va alohida imtiyozlar berişning özi kamlik qiladi. Men jamiyatimizda amalda ayollarga mutlaqo teng imkoniyatlar beradigan tizimli özgarişlar bölişini istardim”, deydi prezident maslahatçisi Saida Mirziyoyeva.

Qayd etilişiça, har kuni zöravonlik va eskiça qaraşlarga qarşi kuraşib, temir tösiqlarni sindirib, maşaqqatli islohotlarni amalga oşirişga hissa qöşayotganlar – haqiqiy qahramonlik körsatmoqda. 

“Bunday insonlarning har biriga rahmat deyman”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.