Britaniya Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining mamlakatda muzlatib qöyilgan barça aktivlarini ssuda körinişida Ukrainaga ötkazişga tayyor, bunda uruş tugaganidan keyin Rossiya tovon puli tölaşi nazarda tutiladi. Bu haqda Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeronga tayanib, 6 mart, çorşanba kuni Britaniyaning The Guardian gazetasi xabar berdi.
Kemeronning rejasiga köra, Rossiya reparatsiya tölaganida, kredit qaytariladi, bu esa Moskvaga öz mablağlaridan foydalaniş imkonini beradi. «Rossiya tovon puli tölaganda biz uni qaytarib berişimizni bilib, garov sifatida muzlatilgan aktivlardan foydalanadigan sindikatlangan kredit yoki qarz mablağini işlatiş imkoniyati mavjud», - deya tuşuntirdi Kemeron.
Vazirning qayd etişiça, Britaniya «katta yettilik» davlatlari va Yevropa Ittifoqi bilan muzlatilgan Rossiya aktivlarini Ukrainaga ötkaziş masalasida kelişilgan pozitsiyaga intilmoqda, biroq kerak bölsa, bu qadamni jamoaviy qarorsiz qöyişga tayyor.
Rejaning kuçli va zaif tomonlari
The Guardian rejaning kuçli tomoni sifatida u rasmiy ravişda Rossiya aktivlarini musodara qilişni nazarda tutmasligini keltirdi, çunki Moskva oxir-oqibat ulardan foydalaniş huquqiga ega bölişi taxmin qilinmoqda. Şu bilan birga, naşr ta’kidlaşiça, rejaning zaif tomoni ham bor: agar Ukraina jang maydonida ğalaba qozonmasa, Rossiya unga tovon tölaşga rozi bölmaydi va keyin pulni Moskvaga qanday qaytariş noma’lum bölib qoladi.
Naşr yozişiça, Kemeronning bu taklif haqida birinçi marta oçiq va batafsil gapirayotgani bu rejani Yevropa Ittifoqida emas, balki AQŞda siyosiy qöllab-quvvatlaşdan darak berişi mumkin.
RF MBning Britaniyadagi muzlatilgan aktivlari
Britaniyada Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan söng Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining aktivlari deyarli 25 milliard funt sterling (32 milliard dollar) miqdorida muzlatib qöyildi, biroq bu haqda rasman xabar berilmadi, deb yozadi The Guardian.
Yanvar oyi oxirida YeI davlatlari Rossiyaning Yevropa Ittifoqida muzlatilgan aktivlaridan olingan foydani maxsus jamğarmaga ötkaziş rejasi böyiça kelişib oldi va bu mablağ keyinçalik Ukrainani qayta tiklaş uçun işlatilişi mumkin. Hozirda uşbu rejani amalga oşiriş mexanizmi işlab çiqilmoqda.













