Keça taşrif bilan Tokio şahriga borgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi Özbekiston bilan döstlik ligasi raisi Taro Aso bilan uçraşdi.

"Özbekistonning Yaponiyadagi yaqin dösti, Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi Özbekiston bilan döstlik ligasi raisi Taro Aso janoblari bilan uçraşganimizdan ğoyat mamnunmiz", — deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida.

Qayd etilişiça, xalq diplomatiyasi mamlakatlarni yanada yaqinlaştirişda muhim rol öynaydi. 

"Janob Aso va uning jamoasiga Özbekiston-Yaponiya aloqalarini rivojlantirişga körsatayotgan doimiy kömagi uçun minnatdorlik bildiramiz", deydi Baxtiyor Saidov.