Samarqandda 10 yil farzand kutgan oila tört nafar farzandli böldi. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat Soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
29 yoşli ayol Respublika ixtisoslaşgan ona va bola ilmiy-amaliy markazi Samarqand viloyati boşqarmasi filialida ilk tuğuruqda 4 nafar egizak farzandni dunyoga keltirgan.
Ma’lum bölişiça, egiz farzand körgan Munisa Bekmirzayeva va Farrux Pölatovlar oilasi 10 yil farzand kutişgan.
Bolalarning bir nafari qiz, uç nafari öğil bola. Hozirda ona va bolalarning umumiy ahvoli qoniqarli. Şifokorlar tomonidan ularga barça zaruriy yordam berilmoqda.













