Bola tug‘ilganda «suyunchi puli»ni berish tartibi o‘zgardi
Yangi tartibga ko‘ra, «suyunchi puli»ni birinchi farzandi uchun barcha ayollar, ikkinchi farzandi uchun faqat ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar oladi. Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun bir martalik nafaqa berilmaydi.

Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bola tug‘ilganida bir martalik nafaqa («suyunchi») pulini berish tartibi o‘zgartirildi.
Qayd qilinishicha, 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.
Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga ham to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi (hozirda 738 150 so‘m)ga teng.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

16:33 / 06.06.2025