Rossiyadagi AQŞ elçixonasi yaqin ikki kun içida Moskvada sodir etilişi mumkin bölgan teraktlar haqida ogohlantiriş e’lon qildi.
«Elçixona ekstremistlar yaqin kelajakda Moskvada odamlar yiğiladigan katta tadbirlarga, jumladan, konsertlarga hujum qilişni rejalaştirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatmoqda. AQŞ fuqarolariga keyingi 48 soat davomida odamlar töplanadigan joylarga bormaslik tavsiya etiladi», deyiladi AQŞ diplomatik missiyasi xabarida.
Keyinroq, Buyuk Britaniya, Latviya va Germaniya Taşqi işlar vazirligi ham xuddi şunday xavf haqida öz fuqarolarini ogohlantirdi.
Şu bilan birga, AQŞ Davlat departamenti Rossiyaga sayohat qiliş xavfini eng yuqori darajaga kötardi.
Rossiya rasmiylari Amerika diplomatik missiyasining bayonotiga hozirça izoh bermadi.













