Saudiya Arabistonining Ar Riyod şahridagi «Kingdom Arena» majmuasida professional boks keçasi bölib ötdi. 

Janglardan birida özbekistonlik Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) super yarim örta vaznda WBA kamari uçun rossiyalik çempion Magomed Qurbonovga (25-1-0, 13 KO) qarşi ringga kötarildi va şu vaqtgaça yengilmagan raqibini mağlubiyatga uçratdi. 

12 raundga möljallangan jangning 5-raundida xorazmlik boksçining ketma-ket zarbalaridan söng referi bahsni töxtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Şu tariqa, Madrimov faoliyatidagi 10-jangida 9-ğalabasini va çempionlik kamarini qölga kiritdi.

Özbekistonlik jangçi ğalabadan söng ösmirlar örtasida örta vazn toifasida boşqa kuçli boksçilar va jahon çempionlari bilan boks ötkazişga tayyorligini aytdi.

«Bu ajoyib tuyğu, men bu lahzani ançadan beri kutgandim. Men bu unvonni xohlardim, hozir men şu yerdaman, bu kamar meniki va men Özbekistonga ketyapman. Bu mening birinçi titulim, lekin menga törtta kamar kerak», dedi u.

Matchroom Boxing promouteri Eddi Hirn Isroil Madrimovni (10−0−1, 7 KO) IBF, WBA va IBO versiyalari böyiça ikki karra jahon çempioni bölgan qozoğistonlik boksçi Gennadiy Golovkin (42−2−1, 37 KO) bilan soliştirdi.

«Bu yigit haqiqiy yirtqiç! U yangi Gennadiy Golovkin. U Qurbonovdan osongina ötib ketdi. Uning ismini eslab qoling: özbekistonlik kuçli sportçi Isroil Madrimov 154 funt vazn toifasida barça kamarlar uçun kuraş olib boradi!» — dedi Hirn.