Taşrif bilan Tokioga borgan Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida tomonidan qabul qilindi.

"Yaponiya boş vaziri Fumio Kişida janobi oliylari tomonidan qabul qilinganimiz biz uçun şarafdir", – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining Telegram-kanalida. 

Baxtiyor Saidov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning salomini yetkazgan. Suhbat siyosiy muloqotdan tortib, madaniy almaşinuvlargaça bölgan keng kölamli ikki tomonlama masalalarni qamrab oldi. 

"Taşqi işlar vazirliklari bundan keyin ham strategik hamkorligimizni yanada mustahkamlaşda muhim örin tutadi", deb yozadi u.