Ilon Mask egalik qiladigan X ijtimoiy tarmoği Amazon va Samsung aqlli televizorlari uçun videoilovani çiqaradi, deb yozdi Fortune kompaniyadagi manbaga tayanib.

Ilova 11 martdan keyin taqdim etiladi. Körinişidan u televizorlar uçun möljallangan YouTube ilovasiga öxşaş böladi. Ilon Mask foydalanuvçilarni «katta ekranda uzun videolarni» körişga undamoqçi.

Ta’kidlanişiça, Mask YouTube, Twitch, Signal va Reddit bilan raqobatlaşişga qaror qilgan.

Yanvar oyida Maskning kompaniyasi ijtimoiy tarmoq birinçi navbatda videoga e’tibor qaratişini e’lon qildi. Mask, şuningdek, kontent yaratuvçilarni barça videolarini X tarmoğiga joylaştirişga çaqirdi va u yerda reklamadan köproq daromad olişlarini da’vo qildi.

2022 yil kuzida Mask Twitter platformasini 44 milliard dollarga sotib oldi va ijtimoiy tarmoq nomini X deb özgartirdi. Şundan söng biznesmen ovozli xabarlar va videoqönğiroqlar joriy etilişini e’lon qildi, şuningdek, platformada barça şaxsiy xabarlarni şifrlaş ham joriy etildi. Boşqa narsalar qatorida, kompaniya eToro savdo platformasi bilan şartnoma tuzdi va foydalanuvçilarga kriptovaluta, qimmatli qoğozlar va boşqa moliyaviy aktivlar bilan savdo qiliş imkoniyatini berdi.