Frontdagi vaziyat Ukrainadagi uruş qaçon va qanday yakunlanişi haqida tasavvur hosil qiliş imkonini bermaydi, ammo tobora köproq kompaniyalar mamlakatdagi sarmoyaviy iştirokini asta-sekin oşirib, tiklaş jarayonini boşlaşga tayyorlanmoqda. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Qayd qilinişiça, Yevropa investitsiya banki Ukrainani tiklaş uçun davlat va xususiy kapitalning 1 trillion dollardan köproq mablaği sarflanişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Inflatsiyani hisobga olgan holda, bu Germaniyaning II Jahon uruşidagi mağlubiyatidan keyin Yevropani tiklaşga qaratilgan va AQŞ tomonidan moliyalaştirilgan Marşall rejasidan beş baravar köproqdir.
Naşr yozganidek, kelajakda tiklaniş qanday sodir bölişi haqida tasavvurga ega bölgan taxminiy reja allaqaçon mavjud.
Ta’kidlanişiça, turk kompaniyalari köpriklar va yöllarni qayta qurmoqda, elektr generatorlari va köçma şifoxonalar yetkazib bermoqda. Xususan, Turkiyaning Onur guruhi portlatilgan köpriklarni ta’mirlaş bilan şuğullanyapti, masalan, Kiyev çekkasidagi Irpenda. Şuningdek, Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi bilan hamkorlikda Onur Ukrainada mobil şifoxonalar qurmoqda. Yakunda kompaniya Dnepr xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilmoqçi va bir qator avtomobil yöllarini qayta tiklamoqçi. Turkiyaning Dogus Construction kompaniyasi Buyuk Britaniya kömagida uçta köprikni qayta qurmoqda va kelajakda «bir neça milliard dollar» qiymatidagi rekonstruksiya şartnomalarini kutmoqda.
Germaniya va Avstriya kompaniyalari infratuzilma va mudofaa sohalarida korxonalar qurişni rejalaştirmoqda. Rheinmetall AG fevral oyida Ukrainada juda zarur bölgan 155 millimetrli artilleriya öq-dorilarini işlab çiqaradigan zavod yaratiş rejasini e’lon qildi. Daryo va vodiylarni boğlovçi modulli pölat estakadalar işlab çiqaruvçi Avstriyaning Waagner-Biro Bridge Systems kompaniyasi Ukraina ğarbidagi zavodda allaqaçon işlab çiqarişni yölga qöygan.
JPMorgan Chase & Co «loyiha oldi rejalaştirişi» uçun işçi guruhlarni kutmoqda va Daniya hozirgaça Nikolayev kemasozlik markazini tiklaş uçun 120 million yevro xayriya qildi.
Quriliş materiallari işlab çiqaruvçi Fixit kompaniyasi ötgan yildan beri Ukraina ğarbida yangi işlab çiqariş maydonçasini qurmoqda, Bayer AG kimyo kompaniyasi uruğçilikka sarmoya kiritilişini e’lon qildi.
Pul qayerdan kelişi hisobga olinsa, Amerika va Yevropa kompaniyalari şartnomalarning asosiy uluşini olişi mumkin, deb hisoblamoqda Bloomberg.














