11 mart kuni Madaniyat vazirligi rahbariyati iştirokida matbuot anjumani ötkazildi. Unda vazir Ozodbek Nazarbekovning ma’lum qilişiça, ijodkorlardan soliq olişda majburiy deklaratsiyalaş tartibiga ötiş böyiça Soliq qömitasi bilan hamkorlikda işlar olib borilmoqda.

“Har bir daromad turidan soliq olişni nazorat qiliş ayni paytda murakkab keçyapti. Soliq qömitasi bilan bu masalani bir neça yildan beri muhokama qilyapmiz, işlayapmiz. Hozirda ijodkorlarga soliq tölaş böyiça 2 xil şakldan birini tanlaş erkinligi berilgan. Xohlasa, deklaratsiya töldiradi, bu – ixtiyoriy. Xohlasa eski şaklda, bazaviy hisoblaş miqdoridan kelib çiqib soliq tölaydi. Har ikkala şaklga imkoniyat berganmiz.

Biz faqat deklaratsiya yordamida muammoga yeçim topişimiz, boşqa ijodkorlarga ham çiqib borişimiz mumkin. Bu yerda faqat xonandalar emas, şoirlar, bastakorlar va boşqalar ham bor. Bu ham yaşirin iqtisodiyotning bir qismi. Lekin oson, yengil yeçimini topolmayapmiz. Tört yildan beri mana şu masalada Soliq qömitasi bilan hamkorlikda iş olib boryapmiz. Menimça, ixtiyoriy ravişda san’atkorlarni deklaratsiya töldirişga ötkaziş eng töğri yöl böladi.

Ijodkorlarda bundan qörqiş, ozgina hayiqiş bor. Biz bunga bosqiçma bosqiç yetib boramiz, bir kunda masalani hal qila olmaymiz. Bu – eng töğri yöl. Boşida tezlikda bu işni qilmoqçi edik, ammo Soliq qömitasi bilan işlaşni boşlaganimizdan keyin köplab boşqa murakkabliklar ham borligi ma’lum böldi. Harakatlar bor, deklaratsiyalaş tartibini yölga qöyişimiz şart”, – dedi Ozodbek Nazarbekov.

Eslatib ötamiz, 2022 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari, örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari hamda mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi joriy etilişi belgilangan, biroq bu tizim hozirga qadar amaliyotga joriy etilmadi.