Xususan, Yangiyöl şahrida yaşovçi I.N. 10 dona Antminer L3++ rusumli mayning qurilmalarini özboşimçalik bilan umumiy foydalanişdagi elektr tarmoğiga ulab, mayning faoliyati bilan şuğullanişi natijasida, davlat manfaatlariga 1 mlrd 19 mln 400 ming söm miqdorida zarar yetkazgan.

Qibray tumanida istiqomat qiluvçi R.J.ning xonadoni közdan keçirilganda, u heç qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan şuğullanib, 685 mln 939 ming sömlik elektr energiyasini talon-toroj qilganligi aniqlandi va undan 2 ta töplamda bölgan mayning qurilmalari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Qibray tumanida kuzatilgan yana bir holatda, M.S. özining yaşaş manzilida kriptovaluta işlab çiqariş faoliyati bilan qonunga xilof ravişda şuğullanib, 3 ta töplamda bölgan mayning qurilmalaridan foydalanişi natijasida, elektr energiyasi böyiça davlat manfaatlariga 579 mln 474 ming söm miqdorida zarar yetkazgan.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.