Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Bobur Primqulov Farğona viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, Bobur Primqulov 2013 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Uçköprik tumanidagi “Yakka mulla” qişloq vraçlik punktida umumiy amaliyot şifokori sifatida boşlagan.
Turli yillarda Farğona viloyat onkologiya dispanseri onkolog-şifokori, Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farğona viloyat filiali direktorining örinbosari kabi lavozimlarda işlagan.
Şuningdek, u Turkiyaning Acibadem va AQŞning Memorial Sloan Kettering Cancer Center kabi nufuzli klinikalarida malaka oşirgan.
Tayinlovga qadar B. Primqulov Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farğona viloyat filiali direktori sifatida faoliyat körsatib kelayotgan edi.
Farğona viloyati SSBga 2022 yil iyulidan buyon Abduqayum Töxtaqulov rahbarlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.
Bundan oldin Soğliqni saqlaş vazirligining tegişli buyruği bilan Köpalbay Tangriberdiyev Xorazm viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlangandi.












