Jo Bayden ma’muriyati 12 mart kuni Ukraina uçun 300 million dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi.
Pentagonning qayd etişiça, bu 2021 yil avgustidan buyon AQŞ mudofaa vazirligi zaxiralaridan Kiyevga taqdim etilgan 55-tranş hisoblanadi. Yordam paketi artilleriya qurollari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va tankka qarşi vositalarni öz içiga oladi:
- Stinger zenit raketalari;
- HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi uçun qöşimça öq-dorilar;
- 105 mm va 155 mm kalibrli artilleriya snaryadlari, jumladan parçalanadigan-portlaydigan va ikki maqsadli kassetali öq-dorilar;
- AT-4 tankka qarşi komplekslari;
- öqotar qurollar uçun patronlar;
- tösiqlarni olib taşlaşda qöllanadigan öq-dorilar, ehtiyot qismlar va boşqa yordamçi uskunalar.
Bu AQŞning Ukrainaga yuboradigan 2024 yil hisobidan ilk harbiy yordami böladi. Bundan oldingisi — 250 million dollarlik yordam — 2023 yil 27 dekabrida ajratilgandi.
Pentagon press-reliziga köra, Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bosqini boşlanganidan buyon AQŞ va ğarbdagi boşqa ittifoqçilar Ukraina qurolli kuçlariga 87 milliard dollardan ortiq hajmdagi yordam yuborişgan.
Pentagon e’lon qilgan röyxatda ATACMS ballistik raketalari bevosita tilga olinmagan (ular yordam paketining bir qismi bölişi haqida avvalroq Politico naşri yozgandi). Ammo bunday raketalar HIMARS tizimlaridan uçirilişi mumkin, AQŞ mudofaa vazirligi esa bunday tizimlar uçun öq-dorilar yetkazib berilişini ma’lum qilgan.
Seşanba kuni Ukrainaga Daniya ham yangi yordam paketi ajratişini ma’lum qildi: bu mamlakat Kiyevga 336 mln dollarlik snaryadlar va artilleriya tizimlari yetkazib beradi.
AQŞ mudofaa vazirligi ajratilgan yordam Ukraina armiyasining jang maydonidagi barça talablarini qondiriş uçun yetarli emasligini ta’kidlagan.
Pentagon uşbu qurollar Ukrainaga yuborilgaç, hozirça ularning örnini töldiriş uçun vazirlikda pul yöqligini ma’lum qilgan.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivanning baholariga köra, snaryadlarning yangi partiyasi Ukraina qurolli kuçlariga faqat bir neça hafta uçun yetadi.
Ukrainaga yordam töğrisidagi qonun qabul qilinişi nega paysalga solinmoqda?















