Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Past Darğom tumanida yaşovçi fuqaro Xitoy davlatida işlab çiqarilgan 3600 dona S-Gen nomli dori vositalarini 46 mln sömga sotgan vaqtida uşlandi.
Şuningdek, undan mazkur dorilarning göyoki davlat röyxatidan ötkazilganligi töğrisidagi soxta muvofiqlik sertifikati ham aşyoviy dalil sifatida olindi. Bundan taşqari, uning yaşaş xonadonidan sifati kafolatlanmagan va tegişli hujjatlari bölmagan 240 dona ViVaNarin nomli dori vositasi ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farğona viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda esa Qöqon şahrida yaşovçi fuqaro umumiy qiymati 121 mln 800 ming sömlik, 2400 dona “Ampitsillin”, 1600 dona “Infera”, 1600 dona “Ferrovell jyeleza gidroksid saxaroznyy kompleks” va 125 dona “Gonadotropin xorioniçeskiy” nomli dori vositalarini Namangan şahridagi dorixonalarga yubormoqçi bölgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining xulosasiga köra, uşbu dorilar – dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reyestriga röyxatga olinmaganligi hamda Sertifikatlaştiriş idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikatlari rasmiylaştirilmaganligi va saqlaş şaroitiga amal qilinmaganligi bois, ularni respublika hududida sotiş, taşiş va tibbiyot amaliyotida qöllaş taqiqlanadi.
Mazkur şaxs muqaddam şu turdagi jinoyatni sodir etganligi uçun 2023 yil Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 165-1-moddasi bilan jarima jazosiga tortilgan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.













