Moskvaning Xoroşevskiy tuman sudi talaba Alina Olexnoviç va bitiruvçi Ivan Trofimov işi böyiça ayblov hukmini çiqardi. 21 yoşli Olexnoviç va 22 yoşli Trofimov «ekstremistik hamjamiyat» taşkil etişda iştirok etganlikda aybdor deb topilib, har biri 3 yil-u 6 oyga qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi «Mediazona» 14 mart, payşanba kuni sud qaroriga tayanib.
Iş materiallarida körsatilişiça, faollar «Rossiya hududida qöporuvçilik faoliyati bilan şuğullanuvçi» Aleksey Navalniyning «yaşirin ştablari» tarmoğiga aloqador. Ular 2023 yil 26 iyulda hibsga olingan, şundan söng Moskvaning Basmanniy sudi uy qamoğiga jönatilgan va ikki haftadan söng tergov izolyatoriga ötkazilib, hukm çiqarilgunga qadar u yerda saqlangan.
Solovyov faollarni Navalniyning «yaşirin ştablari»ga aloqador köryapti
«Meduza» ta’kidlaganidek, Olexnoviç va Trofimov qölga olinganidan söng Vladimir Solovyov ularni Navalniyning «yaşirin ştablari» faollari deb atagan. Öz navbatida, «Kommersant» 2023 yil sentabrida hibsga oliş muddatini uzaytiriş böyiça yiğilişdan söng tergov Olexnoviç va Trofimovni Rossiyada «qöporuvçilik faoliyati» bilan şuğullanayotgan Navalniyning «yaşirin ştablari» tarmoği bilan boğlaganini yozgan.
Sud saytidagi kartoçkada iş 9 yanvar kuni röyxatga olingani va bir majlisda körib çiqilgani körsatilgan. Navalniyning «yaşirin ştablari» işi böyiça Aleksey Malyarevskiy, Artemiy Perevozçikov va Sergey Streknev ham qölga olingan, deb yozadi «Meduza». Ular, Olexnoviç va Trofimov singari, «Memorial» tomonidan siyosiy mahbuslar sifatida köriladi.













