Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning rivojlanishi, ta’lim olishi va turli sohalarda tajriba orttirishi uchun keng shart-sharoitlar yaratilganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
2024 yil O‘zbekistonda «Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili» deb e’lon qilinishi yoshlarga bo‘lgan e’tibor yuqori darajada ekanligining tasdig‘idir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim hamda ko‘nikmalarga ega, azmu shijoatli, tashabbuskor o‘g‘il-qizlarga tayanish bugungi davr talabidir.
“Turonbank” ATB ham o‘z faoliyati davomida tashabbuskor yoshlarni doim qo‘llab quvvatlaydi va ularning bilimlariga tayanadi. Bugungi kunda
Turonbankda umumiy hisobda 1520 nafar xodim mehnat qilayotgan bo‘lsa ularning 529 nafarini ya’ni 35%ini yoshlar tashkil etadi.
Ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qiziqish va intilishlarini rag‘barlantirish, bilim hamda ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish maqsadida Turonbank tomonidan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus strategiya ishlab chiqilgan.
Shijoatli yosh xodimlarning fikri bank faoliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olib, Turonbankda rahbar va yoshlar o‘rtasida doimiy uchrashuvlar tashkil etiladi. Unda yosh bankirlar o‘z g‘oya va tashbbuslari bilan bo‘lishadilar, bank faoliyatini rivojlantirishda mazkur g‘oyalar va yoshlarning fikri albatta inobatga olinadi.

Laziz Usmonov “Turonbank” ATB Buhgalteriya hisobi departamenti mutaxassisi:
- Ishga 2023 yil yanvar oyida maxsus test va suhbat asosida qabul qilinganman. “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari mnstituti” Milliy Tadqiqot Universiteti talabasiman shuning uchun Turonbankda 0,5 stavkada faoliyat olib boryapman. Bu yerda meni juda iliq kutib olishdi, e’tiborli jihat shundaki, bu yerda biz kabi yoshlarni eshitishadi, ya’ni biz bemalol o‘z g‘oyalarimiz va fikrlarimizni bildira olamiz hamda ular inobatga olinadi.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan oliy ta’lim - ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, soddaroq qilib aytganda, yirik ta’lim klasterini yaratish bo‘yicha tashabbuslari ham Turonbankda amalga oshirilyapti. “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori esa mazkur jarayonlarda dasturilamal bo‘lmoqda.






















