Örganişlar Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari N. Jannibekova, M. Valiyev, Ş. Qulmatov hamda «Turonbank» ATB Mijozlar servisi va marketing departamenti direktori J. Tuxmakov iştirokida olib borildi. Mahalla faollari, fuqarolar va tadbirkorlar bilan oçiq muloqotlar ötkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi. Tadbirkorlikni rivojlantiriş, istiqbolli loyihalarni qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlari yaratiş hamda aholi bandligini ta’minlaş yuzasidan zarur çora-tadbirlar belgilab olindi.

Xonadonma-xonadon olib borilgan örganişlar davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar joyida körib çiqilib, ularni bartaraf etiş böyiça amaliy çoralar belgilandi. Har bir murojaat alohida nazoratga olinib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga xizmat qiladigan taşabbuslarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan tizimli işlar davom ettirilmoqda.

Mahallalar taraqqiyoti - xalq farovonligining mustahkam poydevori!
Reklama huquqi asosida

















