2024 yil 1 aprelidan boşlab, neft mahsulotlari va boşqa aksiz tölanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari özgaradi. Bu haqda «Özbekneftgaz» xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, 

1. Neft mahsulotlarini işlab çiqarişdagi aksiz soliği:

- AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uçun 303 000 sömdan 340 000 sömga (37 000 sömga);

- Aviakerosin (sintetikdan taşqari) mahsulotining 1 tonnasi uçun 242 000 sömdan 271 000 sömga (29 000 sömga);

- Dizel yonilğisi (sintetikdan taşqari) mahsulotining 1 tonnasi uçun 291 000 sömdan 326 000 sömga (35 000 sömga);

- EKO dizel yonilğisi (sintetikdan taşqari) mahsulotining 1 tonnasi uçun 262 000 sömdan 293 000 sömga (31 000 sömga) özgaradi. 

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy iste’molçiga realizatsiya qilişda aksiz soliği:

- AI-80 benzin uçun mahsulotining 1 tonnasi uçun 565 000 sömdan 633 000 sömga (68 000 sömga);

- Dizel yonilğisi (sintetikdan taşqari) mahsulotining 1 tonnasi uçun 516 000 sömdan 578 000 sömga (68 000 sömga);

- Suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uçun 807 500 sömdan 904 000 sömga (96 500 sömga) oşişi belgilangan. 

Şu sababli, «Özbekneftgaz» AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni birja savdolari orqali sotişdagi boşlanğiç narxlari 2024 yil 1 apreldan boşlab aksiz soliği özgarişi inobatga olingan holda şakllantiriladi.