Markaziy bank özining 2024 yil 14 martdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş böyiça qaror qabul qildi.

“Markaziy bank boşqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erişiş böyiça noaniqliklar va inflatsiyani oşiruvçi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflatsiyaning 5 foizlik targetigaça pasaytiriş uçun zarur pul-kredit şaroitlarini ta’minlaş maqsadida asosiy stavkani özgarişsiz qoldiriş töğrisida qaror qabul qildi”, – deyiladi regulyator press relizida.

Umumiy inflatsiya yil boşidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni taşkil etgan. Biroq sönggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oşişi fonida xizmatlar inflatsiyasi tezlaşişi kuzatilgan. Bundan taşqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli özgarişsiz, yuqoriligiça qolgan.

2024 yil oxirigaça inflatsiya 8−9 foizlik prognoz diapazoni doirasida şakllanişi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narxlar özgarişi va ularning inflyatsion kutilmalarga ta’siri böyiça noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, asosiy işlab çiqariş körsatkiçlari ötgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan yuqori sur’atlarda ösgan. Şuningdek, ayrim tarmoqlarda, xususan, yil boşidan oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş dinamikasining sustlaşişi qisqa muddatli istiqbolda içki bozorda talab va taklif nomutanosibligini keltirib çiqarişi yoki importga qöşimça bosimni yaratişi mumkin.

Ma’lumot uçun, joriy yil yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 10,6 foizga qisqargan.

“Umuman olganda, birinçi çorak yakunlari böyiça iqtisodiy ösiş körsatkiçlari nisbatan yuqoriroq şakllanişi, keyingi çoraklarda esa bazaviy prognoz doirasida 5,5-6 foiz bölişi borasidagi kutilmalar kuçaymoqda.