“Hayotiy davr şartnomasi” asosida işlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizom mazkur şartnomalar asosida işlaş tartibi va yönalişlari, şartnomalarni tuziş va ularning reyestrini yuritiş tartibini belgilaydi.

Ma’lumot uçun: poytaxtda ayrim obektlar negizida “Toşkent invest kompaniyasi” AJ tomonidan qiymati 1 mln AQŞ dollarigaça bölgan DXŞ loyihalarini amalga oşirişning soddalaştirilgan tartibi joriy etilgan. Kompaniyaga ayrim yönalişlar böyiça obekt (mahsulot)ni barpo etiş (işlab çiqiş)dan boşlab foydalanişga topşiriş va kelgusida ekspluatatsiya qiliş (qöllab-quvvatlaş)gaça bölgan barça jarayonlardagi işlarni davlat xaridlari doirasida “Hayotiy davr şartnomasi” asosida bitta tadbirkor bilan hamkorlikda amalga oşirişga ruxsat etilgan.

“Hayotiy davr şartnomasi” quyidagi yönalişlarda tuziladi:

avtomobil yöllari, şu jumladan, yölböyi infratuzilmasi obektlarini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş va ularni saqlaş;
kommunal xöjaligi sohasidagi obektlarni loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş va ularni saqlaş;
ijtimoiy soha obektlarini loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş, jihozlaş va ularni saqlaş;
dasturiy ta’minotlarni loyihalaştiriş, işlab çiqiş, işga tuşiriş va kelgusida qöllab-quvvatlaş.
 
Tegişli davlat organi (taşabbuskor) kompaniyaga “Hayotiy davr şartnomasi” asosida loyihani amalga oşiriş haqida buyurtmani taqdim etadi.

Kompaniya tomonidan loyihani tasdiqlaş haqida qaror qabul qilinib, amalga oşiriladigan loyihalarning manzilli röyxati şakllantiriladi va “Davlat xaridlari töğrisida”gi qonunga muvofiq ijroçilar tanlanib, şartnomalar imzolanadi.

Şartnomalar röyxati maxsus portalda yuritiladi.