McDonaldʼs kompaniyasi öz xodimlariga AQŞ prezidentligiga nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamayotgani aytilgan xat yuborgan — bu Donald Tramp öz saylovoldi kampaniyasi doirasida tarmoq restoranlaridan birida 15 daqiqa davomida kartoşka qovurişi ortidan röy berdi.

Sobiq prezident, davlat rahbarligi uçun Respublikaçilar partiyasidan yana bir bor öz nomzodini qöygan siyosatçi 20 oktyabr, yakşanba kuni «ikkilanuvçi» ştatlardan biri bölmiş Pensilvaniyadagi McDonaldʼs yemakxonasiga kelgan. CNN yozişiça, u pidjak örniga işçi fartukini kiygan va oşxonada kartoşka-fri qovurib, uni qadoqlagan. Keyin u buyurtmalarni tezkor qabul qiliş oynasi orqali tayyorlagan yeguligini mijozlarga tarqatgan — Tramp buni özi tayyorlagani va «uning hisobidan» ekanini aytgan. Prezidentlikka nomzod taşrifi vaqtida restoran zali yopiq bölgan.

Bu Tramp öz raqibi, demokratlar nomzodi Kamala Harrisni yolğonda ayblaşga urinişi fonida röy berdi. Sentyabr oyi oxiridagi intervyularidan birida u talabalik yillarida öqiş pulini tölaş uçun ma’lum vaqt McDonaldʼs restoranida işlaganini aytgandi. Harrisning özi aytişiça, u kartoşka qovurgan va kassada turgan. Demokratlar nomzodi bu işi haqida ilk bor gapirayotgani yöq — 2019 yilda ham u şunday bayonot bergandi.

Pensilvaniyada McDonaldʼs mijozlariga kartoşka tarqatarkan, Tramp Harris haqida eslab, jurnalistlarga «bu yerda Kamaladan 15 daqiqa köproq işlagani»ni aytdi.

Evan Vucci / AP / Scanpix / LETA

Harris saylovoldi kampaniyasi doirasida millioner oilasida tuğilgan Trampdan farqli ölaroq, örta sinfdan çiqqan odam sifatida körsatmoqda. Avgust oyida uning vitse-prezidentlikka nomzodi Tim Uolz şunday degandi: «Siz Donald Tramp McDonaldʼs da işlaşini tasavvur qila olasizmi? U McFlurry uçun maşinani ham işlata olmaydi, hatto hayoti şunga boğliq bölib qolganida ham».

Tramp sönggi haftalarda Harrisning McDonaldʼsʼda işlagani haqidagi da’volarini bir neça marta şubha ostiga oldi va bu gapni «feyk» deb atadi. Uning tarafdorlari Harrisdan dalil keltirişni talab qilişdi, ammo bu talab e’tiborsiz qoldirildi. Bir neça bor özining ham yolğonlari foş bölib qolgan Tramp McDonaldʼs yemakxonasiga borişidan biroz oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda «ma’lumot söragani» va Harrisning fastfud tarmoğida işlagani haqidagi gaplarini tasdiqlovçi heç qanday dalil topilmagani haqida yozdi. Şu bilan birga, McDonaldʼsʼdagilar kompaniyada oddiy xodimlar böyiça bu qadar eski ma’lumotlar yöqligini ta’kidladi.