13 mart kuni internetda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bahoriston mahallasida soliq inspeksiyasi xodimi va sotuvçi ayollar örtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi.

Videoda soliq inspeksiyasi xodimi ikki sotuvçidan salat solingan toğorani tortib olişga urinayotgani, ular qarşilik körsatgani, şu asnoda toğoradagi salat tökilib ketganini köriş mumkin. Şundan keyin ayollardan biri xodimning ustiga salat suvini sepib, “yaşagani qöy, nimaga senlarning dastingdan tinçlik yöq”, deya baqirgan.

Video ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bölgaç, 13 mart kuni Surxondaryo viloyati soliq boşqarmasi munosabat bildirib, holat nazoratga olingani, xizmat örganişi tayinlaganini ma’lum qildi.

15 mart kuni boşqarma örganiş natijalarini ma’lum qildi. Unga köra, voqea 12 mart kuni Uzun tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumanning Bahoriston mahallasi hududida savdo qiliş uçun belgilanmagan joylarda noqonuniy faoliyatning oldini olişga qaratilgan tadbir davomida sodir bölgan.

“Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan köp marotaba ogohlantirişlarga qaramay, qonunga zid hamda antisanitariya holatida savdo faoliyatini davom ettirib kelayotgan fuqarolar Ş.T. hamda S.T. soliq inspeksiyasi xodimi F.Ergaşevning noqonuniy savdo faoliyatini rasmiylaştiriş talabiga qarşilik körsatib, janjal kötargan va davlat xizmatçisini obrösizlantirişga harakat qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat işlari böyiça Uzun tumani sudining qaroriga asosan Ş.T. hamda S.T.ga nisbatan ma’muriy tartibda çora körilgani ma’lum böldi.

Bundan taşqari, Surxondaryo viloyati soliq xodimlari orasida yiğiliş ötkazilib, har bir xodim davlat xizmatçisining içki mehnat tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilişi yuzasidan ogohlantirildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.

“Zör TV” telekanalining “Bu kun” reportajidan ma’lum bölişiça, sud ikki fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-moddasi (Bir neça huquqbuzarlikni sodir etganlik uçun ma’muriy jazo qöllaniş)ga asosan 3 BHM – 1 mln 20 ming miqdorida jarima jazosini tayinlagan.