Buxoro viloyati içki işlar boşqarmasining ikki nafar ofitser xodimi qölga olindi. Bu haqda içki işlar vaziri matbuot kotibi xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 16 mart kuni uşbu ikki xodim giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga aralaşgani aniqlanib, hamkor taşkilotlar bilan birgalikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida jinoyat ustida uşlangan.

Hozirda holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ma’lum qilinişiça, tergov harakatlari olib borilmoqda.