Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni bölib ötgan prezident saylovida qozongan ğalabasi bilan tabrikladi.

«Davlatimiz rahbari maktubida saylovçilarning yuqori faolligi va ovoz beriş natijalari aholi Vladimir Putinning siyosati va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturiga işonç bildirayotgani va ularni qat’iy qöllab-quvvatlayotganining navbatdagi yorqin namoyişi bölgani ta’kidlanadi.

Mamlakatimiz yetakçisi Rossiya prezidentiga mustahkam soğlik, baxt-saodat va davlatçilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga esa tinçlik va ravnaq tiladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

15-17 mart kunlari Rossiyada prezidentlik saylovi bölib ötdi. RF markaziy saylov komissiyasining sönggi ma’lumotlariga köra, byulletenlarning 99,45 foizi hisoblab çiqilganidan keyin, amaldagi prezident Vladimir Putin 87,32 foiz ovoz bilan ğalaba qozonmoqda. Keyingi örinlarni mos ravişda kommunistik partiya (KPRF) nomzodi Nikolay Xaritonov (4,3 foiz), «Yangi odamlar» partiyasi nomzodi Vladislav Davankov (3,79 foiz) va liberal-demokratlar partiyasi rahbari (LDPR) Leonid Slutskiy (3,19 foiz) egallagan. 

Şu tariqa, Putin beşinçi muddatga prezidentlik lavozimiga kirişadi.