Joriy yilning 6 mart kuni Yangihayot tumanidagi «Yangihayot» yöl-patrul xizmati maskanida Lacetti rusumli avtomaşina töxtatilgan. Mazkur avtomaşina yölovçisi 34 yoşli A.Ş. xolislar iştirokida tekşirilganda, uning yonidan 200 gramm «gaşiş» giyohvandlik moddasi topilib, aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.
Şuningdek, şu kuni ötkazilgan tezkor tadbir davomida kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini noqonuniy saqlagan 36 yoşli M.A. qölga olingan. Fuqaro xolislar iştirokida tekşirilganda, 50 dona «Zardeks» va 24 dona «Tropikamid» nomli kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari, 1 gramm «gaşiş» giyohvandlik moddasi va elektron tarozi topilib, aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov davom etmoqda.














