Bildirilişiça, murojaatda ota-onalar mazkur maktabning matematika öqituvçisi dars jarayonida bolalarni nomaqbul sözlar bilan haqorat qilişi, şuningdek, ularning şa’ni va qadr-qimmatiga daxl qilayotganini bildirib, öqituvçiga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Bolalar ombudsmani sörovi asosida Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi mazkur holatni atrofliça örgandi.

Toşkent şahar maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi mas’ullari tomonidan 103-sonli umumiy örta ta’lim maktabi rahbariyati, maktab psixologi hamda matematika fani öqituvçisi bilan suhbat ötkazilib, öquvçilar bilan muloqot vaqtida ovoz ohangini kötarmasligi, öquvçilarning şaxsiyatiga tegmasligi, ularning şa’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantiriş berilgan.

Şuningdek, unga maktab direktori tomonidan intizomiy çora qöllanib, uşbu sinf öquvçilariga matematika fanidan boşqa öqituvçi biriktirilgan.

Murojaat qilgan ota-onalar bilan ham holat yuzasidan muloqot qilinib, körilgan çoralar haqida ma’lumot berilgan.