Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumanining “Öçoqli” MFY aholisidan şu hududdagi mehmonxonadan çiqarilayotgan oqova suvlar sabab aholi va fermerlar qişloq xöjaligida foydalanadigan ariq suvi ifloslantirilayotgani haqida Kun.uz'ga bir neçta murojaat kelib tuşdi.

Tahririyatga taqdim etilgan surat va videolavhalardan mehmonxonaning oqova suvlari (kanalizatsiya trubasi) umumfoydalanuvdagi ariqqa oqizib qöyilganini köriş mumkin.

“Hidiga çidab bölmaydi. Bu suvdan aholi va fermerlar foydalanadi. Ötgan yili suv kamligidan qiynalgandik, endi [bu yil] trubamizdan mağzava oqyapti. Ahvolimiz şu.

[Bu böyiça] mahalla, tuman va viloyatga murojaat qilindi, mahalla fuqarolari töplanib çiqib, bir neça bor aytib ham körişdi. [Ammo] badböy hid çidab bölmas darajaga yetib bölgan”, – deyiladi murojaat xatida.

Qöşimça qilinişiça, mehmonxona turgan joyda avval “Las-Vegas” deb nomlangan çoyxona bölgan. Obekt keyinçalik mehmonxonaga aylantirilgan.

“Tuman va viloyat taşkilotlariga ham şikoyat qilindi, ammo natija bölmayapti. Çunki mehmonxona muqaddam Içki işlar vazirligi tizimida yuqori lavozimlarda işlagan sobiq amaldorga tegişli”, deyiladi yana bir murojaatda.

Kun.uz'ning mahalliy hokimlikdagi manbalari tasdiqlaşiça, bu hududda markaziy kanalizatsiya tarmoği mavjud emas. Aholi va biznes vakillari oqova suvlarini öz hududidagi öralarga (çuqur kavlab) oqizişi lozim. Bu kabi öralar hududiy ekologiya organlari bilan kelişilgan holda, ularning ekologik ekspertiza xulosasini olgan holda qilinadi.

Aholining bu muammosi köpdan buyon hal bölmay kelayotganiga mehmonxona egasining sobiq amaldor ekanigina emas, qonunlardagi böşliq yoki zaiflik (kuçsiz jazo) sabab bölayotgan bölsa ajab emas.

Boisi, aynan şunday qilmiş uçun mansabdor şaxslarga köpi bilan 3,4 mln sömgaça jarima bor, xolos. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 72-moddasiga köra suvlarni ifloslantiriş yoki bulğatiş, şuningdek suv obektlariga oqindi suvlarni oqizişga yöl qöyiş şartlari töğrisidagi talablarni buziş – fuqarolarga 3-5 BHM 1 mln 20 ming söm 1 mln 700 ming söm)gaça, mansabdor şaxslarga 5-10 BHM (1 mln 700 ming sömdan 3 mln 400 ming sömgaça) miqdorda jarima solişni nazarda tutadi.

Bu huquqbuzarlik uçun çora köriş MJtKning 248-moddasi talabi böyiça içki işlar organlariga taalluqlidir. Sobiq IIV amaldoriga hududdagi IIB çora körganmi yoki yöq, tahririyatga ma’lum emas.

Albatta, ayni damdagi vaziyat qilmişni jinoiy harakat sifatida baholanişi uçun yetarli emas.

Birinçidan, mehmonxona va çoyxona suvga har qança kanalizatsiya oqovasini oqizmasin, ma’muriy çora körişdan nariga ötilmaydi, şunda ham içki işlar organi lozim topsa.

Ikkinçidan, mehmonxona va çoyxonadan çiqayotgan oqova odamlarning ommaviy ravişda kasallanişi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketişi yoki boşqaça oğir oqibatlarga sabab bölişi kerak. Jinoyat kodeksining 196-moddasida şunday yozilgan.

Bunday oqibatlar kelib çiqquniça esa, aholi badböy hidda yaşaşda, tomorqani çiqindi aralaşgan suvda suğorişga majbur.

Dilşoda Şomirzayeva,
Kun.uz