Ob-havoning özgarib turgani fonida Özbekistonda atmosferaga ta’sir qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Özgidromet bu xabarlarni tasdiqlamasligini ma’lum qilib, sun’iy yomğir yoğdiriş texnologiyasi Özbekistonda noqulay ob-havoga sababçi ekanini rad qildi.

Rasmiy munosabatda aytilişiça, sun’iy yomğir yoğdiriş texnologiyasidan Özbekistonda oxirgi marta 2005 yil bayram kunlarida qulay ob-havo şaroitlarini yaratiş maqsadida foydalanilgan. Bu texnologiyaning asosiy vositalari xorijdan import qilingani sabab iqtisodçilar tomonidan ma’qul körilganda amalga oşiriladi.

Şuningdek, atmosferadagi özgarişlar, ba’zan mavsumga xos bölmagan turli ob-havo şaroitlari kuzatilişi bu dunyodagi iqlim özgarişi natijasi ekanini yozgan iqlimşunos Erkin Abdulahatov.

Mutaxassisning qöşimça qilişiça, sun’iy yomğir yoğdiriş bilan boğliq atmosferaga ta’sir körsatiş nafaqat Özbekiston, balki mintaqada ham hali amaliy boşlanmagan (ötgan asrning 70-90 yillari inobatga olinmasa). Qor köçişi oldini oliş yoki bahor-yoz mavsumida döl yoğişi oldini oliş uçun qöllanayotgan “Alazan” snaryadlarini havoga otiş amaliyotlari bu havo oqimlari trayektoriyasini sezilarli özgartiriş kuçiga ega emas. Şu bilan birga iqlimşunos bu yönalişda ilmiy sfera tomonidan çuqur ilmiy izlanişlar, mintaqa şaroiti, suv taqçillik prognozlari, iqtisodiyotidan kelib çiqib, turli uslubiyatlar işlab çiqiş ustida işlanayotganini ham ma’lum qilgan.

“Kelgusida mintaqaning tekislik hududlari, hatto toğ etaklari, toğlarida ham sun’iy yomğir va şunga öxşaş boşqa atmosferaga ta’sir körsatiş jarayonlariga ehtiyoj yuqori böladi. Albatta, bu jarayonlar mintaqada mamlakatlar kelişuvi, tinçlik yölida amalga oşiriladi. Bu böyiça jahon miqyosida majburiyatlar mavjud”, – deb yozgan Abdulahatov.