Ukrainadagi uruşning 755-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Biz ularni qayerda bölişidan qat’i nazar, da’vo muddatisiz jazolaymiz». Putin — Ukrainadagi diversiya-razvedka guruhlari safiga kirgan «xoinlar» haqida.
- Admiral Aleksandr Moiseyev RF harbiy-dengiz floti boş qömondoni vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
- Belgorod oblastida Razumnoye posyolkasi öqqa tutildi. Uç kişi yaralangan, jumladan yoş bola ham.
- Yevropa ittifoqi Rossiya va Belarus ğallasiga boj joriy etdi. FT naşri yozişiça, bu talabni «yöq qiladi».
- Peterburgda Ukrainadagi uruşdan qaytgan sobiq mahbus restoranda bir kişini öldirgan va keçki ovqatni tanovul qilişda davom etgan.
- RBK xabariga köra, Armanistondagi banklar sanksiyalar tufayli «Mir» kartalarini qabul qilişni töxtatdi.
Ukrain harbiylari Zaporijja oblastidagi poligonda dronlarni yiğmoqda
Ukrainadagi uruş — raqiblar uçuvçisiz uçar apparatlarni bu qadar faollik bilan qöllayotgan tarixdagi ilk qurolli mojaro bölmoqda. Rossiya qöşini Ukraina hududini kamikadze-dronlar bilan tinimsiz öqqa tutadi, öz navbatida RFning turli regionlaridan ham deyarli har kuni dronlar zarbasi haqida xabarlar kelmoqda, jumladan, neftni qayta işlaş zavodlari hamda harbiy aviabazalar hujumga uçramoqda (Ukraina hukumati bu xabarlar yuzasidan rasman izoh bermaydi). Jang maydonida ikki tomon ham operatorlarga manzarani birinçi şaxs bölib köriş imkonini beruvçi FPV-dronlardan foydalanmoqda, ular portlovçi moddalar olib yurişi ham mumkin.

Dmytro Smoliyenko / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA

























