Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 mart, çorşanba kuni Kiyevga taşrif buyurgan AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan bilan uçraşuvi natijalari haqida ijobiy fikr bildirdi. «Mudofaa sohasidagi hamkorlik va biz erişişimiz kerak bölgan qöşma siyosiy natijalar haqida juda mazmunli, öta aniq suhbat», dedi Zelenskiy vatandoşlariga özining an’anaviy keçki murojaatida.«Davlatimiz va xalqimizni qöllab-quvvatlagani uçun Amerikadan minnatdorman. Amerika rahbariyati xalqaro huquq ustuvorligini himoya qilişda kuçli bölib qolişi juda muhim», dedi u.
Uning sözlariga köra, «Ğarbning kuçiga şubha» Zelenskiy «aqldan ozgan» deb atagan Rossiya rahbariyatiga yordam beradi. «Ular yutqazişi kerak - bu demokratik dunyo uçun hayot-mamot masalasi», - dedi Ukraina davlati rahbari.
Sallivan - Ukrainaning Rossiyaga qarşi uruşdagi bölajak ğalabasi haqida
Şu kuni ertalab Jyeyk Sallivan prezident devoni rahbari Andrey Yermak bilan uçraşuvdan söng qöşma brifingda: «Ukraina ğalaba qozonişi kerak», deya işonç bildirdi. «Bu nimani anglatadi? Bu Ukraina uruşdan suveren, mustaqil, erkin, kelajakdagi tajovuzni oldini olişga qodir, kuçli, dinamik demokratiya, çuqur demokratik institutlar, nafaqat an’anaviy tarzda ösib borayotgan iqtisodiyot, balki yuqori texnologiyalar sohasida ham ğalaba bilan çiqişini anglatadi», deya «Interfaks-Ukraina agentligi AQŞ prezidenti maslahatçisining sözlaridan iqtibos keltiradi.
Şu bilan birga, Sallivan ukrainaliklarni «AQŞga işonişda» davom etişga çaqirdi. «Biz uruşning boşidanoq siz tomonda böldik, katta yordam berdik va buni har kuni biz uçun mavjud bölgan barça yöllar bilan körsatişda davom etamiz», deb ta’kidladi Oq uy vakili va AQŞ prezidenti Jo Bayden Kiyevga qöşimça yordam körsatiş töğrisidagi qonun loyihasini Kongress ma’qullaşiga erişişiga işonç bildirdi.
Ayni paytda, «Ukrainskaya pravda» va «Yevropeyskaya pravda» internet naşrlari e’tibor qaratişiça, Sallivan Ukrainaning kelajakdagi ğalabasini aniq nima deb hisoblaşini tuşuntirar ekan, Rossiya tomonidan egallab olingan hududlarni qaytariş haqida gapirmagan.












