Foto: Reuters

Belgorod şahri va Belgorod oblasti ötgan hafta boşidan buyon har kuni baravar öt oçiş reaktiv qurilmalaridan öqqa tutilmoqda. Rasmiylarga köra, jami 19 kişi halok bölgan. Seşanba kuni gubernator 9 ming bola evakuatsiya qilinişini, çorşanba kuni — maktablar muddatidan oldin ta’tilga çiqarilişini ma’lum qildi.

Belgorod şahri va oblast hududlarida kuniga bir neça bor havo hujumi haqida ogohlantiriş beriladi va havo hujumidan mudofaa tizimlari işga tuşadi. Rossiya mudofaa vazirligi kuniga bir neça bor Ukraina tomonidan yöllangan raketa hujumlari qaytarilgani haqida ma’lumot tarqatadi, ammo ularning barçasi ham muvaffaqiyatli urib tuşirilmayapti.

Hammayoqda snaryadlar portlamoqda, hududiy rasmiylar har kuni qurbonlar va vayrongarçiliklar töğrisida xabar beradi, ijtimoiy tarmoqlarda yonib ketgan avtomaşinalar, yonğinlar, vayron bölgan binolarning yangidan yangi suratlari va videolari tarqaladi.

Seşanba kuni Belgorod oblasti rahbariyati muntazam ravişda zarbaga uçrayotgan hududlardan 9 mingga yaqin bolani evakuatsiya qiliş töğrisida qarorga keldi. «Yedinaya Rossiya» partiyasining şahar kengaşi prezidiumida region rahbari Vyaçeslav Gladkov Belgorod oblastida bir hafta davomidagi zarbalar oqibatida 16 kişi halok bölib, 98 kişi jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Çorşanba kungi zarbalar oqibatida Belgorod şahrida bir kişi halok bölib, ikki kişi yaralandi, çegaradagi Grayvoron şahri okrugida esa ikki kişi halok bölib, ikki kişi yaralangan.

Belgorod şahri va oblastdagi vaziyat Rossiya pabliklaridagi asosiy mavzulardan biriga aylangan — bu resurslarda asosan norozilik sözlari bildirilmoqda va muammolarni hal qiliş böyiça takliflar deyarli yöq. «Belgorod, kun davomida törtinçi bor öqqa tutilişi… Moskvadagilar raqs tuşib bölişi va ularga e’tibor qaratilişini kutişmoqda», — deya yozadi «Trinadsatiy» kanali muallifi, z-bloger Yegor Kuzenko.

«Hammasidan ham Belgorod öqqa tutilişi haqidagi „Donetsk esa 10 yildan buyon şunday yaşaydi va heç narsa bölgani yöq!“ qabilidagi munosabatlar hayron qiladi. Keçirib qöyasiz, maxsus harbiy amaliyotdan maqsad imkon qadar köproq rus şaharlari xuddi Donetsk kabi yaşaşi edimi?» — deya savol qöyadi boşqa bir z-bloger «Pod led» (Rossiya hukumati Ukrainaga qarşi uruşni maxsus harbiy amaliyot deb ataydi).