2024 yilgi Yevropa çempionati startiga taxminan uç oy vaqt qoldi. Ammo hozirça 24 iştirokçidan faqat 21 tasining nomi ma’lum. Yana uç milliy jamoa Germaniyaga yöllanmani mart oyida ötkaziladigan ötiş öyinlari orqali qölga kiritadi. Mini-turnirda 12 jamoa iştirok etadi, ular uçta kvartetni taşkil etişgan. Har bir guruh ğoliblari Yevro-2024 final bosqiçida iştirok etadi. 21 mart kuni yarimfinal doirasida oltita öyin, 26 mart kuni — uçta final uçraşuvi bölib ötadi.

Ötiş öyinlari qanday ötkaziladi?

Barçasi bittadan öyinda hal etiladi. Asosiy vaqtda durang qayd etilgan holatda raqiblar 15 daqiqadan ikkita qöşimça bölim ötkazişadi, keyin esa — penaltilar seriyasi (agar zarurat bölsa).

Juftliklar qanday aniqlangan?

Bunda jamoalarning Millatlar ligasining 2022/2023 yillar mavsumidagi natijalari asos qilib olingan. Nominal ravişda bular A, B va S ligalari ğoliblari. Agar bu guruhlardagi jamoalar Yevroga saralaş orqali yöllanma olgan bölsa, uning joyini uşbu ligada reyting böyiça keyingi jamoa egallaydi. Agar bir ligadan ötiş bosqiçiga törttadan kam jamoa ötgan bölsa, vakant joyni D ligasining eng yaxşi jamoasi egallagan. Aynan şu sababli Estoniya ham uşbu mini-turnir iştirokçisiga aylangan. Qolgan örinlar reyting böyiça taqsimlangan.

Uçta yölning har birida eng yuqori reytingga ega jamoa eng past reytingli jamoani qabul qiladi. Ikkinçi reytingdagi jamoa uçinçi reytingdagi jamoa bilan öynaydi. Finallar mezbonlari 2023 yil noyabrida ötkazilgan qur’a orqali aniqlangandi.

A yöli

00:45. Polşa — Estoniya

00:45. Uels — Finlyandiya

Bu kvartetdagi eng yuqori reyting Polşada edi. Şu sababli jamoa yarimfinalda eng past reytingga ega Estoniyaga raqib böldi. Ikkinçi yarimfinal juftligini Uels va Finlandiya hosil qilgan — bu öyin Kardiffda ötkaziladi. Final bahsi ikkinçi juftlik ğolibi stadionida ötkazilişi belgilangan, ya’ni Kardiff yoki Helsinkida.

Foto: DEFODI IMAGES VIA GETTY IMAGES

Bu törtlikda Polşa jamoasi favorit sanalmoqda. Polyaklar saralaş sikli davomida Fernandu Santuşni boş murabbiylik lavozimidan böşatdi va uning örniga Mixal Probejni tayinlaşdi. Lekin yakunda Polşa baribir töğridan töğri yöllanmaga ega çiqa olmadi va 11 oçko bilan uçinçi örinda qoldi, guruhda Albaniya va Çexiya jamoalari — 15 tadan oçko olgan holda yöllanmaga ega bölişdi.