Özgartiriş va qöşimçalar quyidagi qonunlarga kiritilmoqda:
- “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi;
- “Içki işlar organlari töğrisida”gi;
- “Ma’muriy qamoqni ötaş tartibi töğrisida”gi.
Endilikda jinoyatlarning holatlarini aniqlaş, jinoyatlarni sodir etgan şaxslarni aniqlaş va qidiriş, şuningdek, jazoni ötaşdan böyin tovlayotgan yoki bedarak yöqolgan şaxslarni qidiriş maqsadida xususiy OAV imkoniyatlaridan ham bepul foydalanişga doir içki işlar organlarining huquqlari belgilanmoqda (ilgari faqat davlat OAV bölgan).
Şuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qöllanilgan holda, şu jumladan kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalanilgan holda ötkazilişi mumkinligi belgilanmoqda.
Maxsus qabulxonalardagi tezkor-qidiruv faoliyati jinoyatlarning oldini oliş, ularni aniqlaş, ularga barham beriş va ularni foş etiş, şuningdek jinoyatlarga tayyorgarlik körişga va ularni sodir etişga daxldor bölgan şaxslarni aniqlaş, topiş hamda qidiriş maqsadida, qonunçilikda belgilangan tartibda amalga oşirilişi közda tutilmoqda.













