Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlarning Ukrainaga harbiy yordami miqdori 33 milliard yevroga yetdi. Bu haqda 20 mart, çorşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi-Ukraina assotsiatsiyasi kengaşi yiğilişidan keyingi matbuot anjumanida Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga 2024 yilda umumiy qiymati 20 milliard yevro bölgan ikki tomonlama harbiy yordam körsatiş niyatida, deya qöşimça qildi u. 

«Agar Rossiya Ukrainani zabt etganida, Ukraina oq bayroq kötarib taslim bölganida, Kiyevda qöğirçoq rejim örnatilgan bölardi, ukrain xalqi bostirilib, Rossiya armiyasi bizning çegaralarimizda bölardi. Ular bu bilan töxtab qolmaydi», dedi Borrel va Yevropaning javob tezligi Rossiya tahdidi kölamiga mos kelişi kerakligini qöşimça qildi. 

Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan 3 mlrd yevro berilişi mumkin 

Borrel, şuningdek, Rossiyaning Yevropa Ittifoqida muzlatilgan suveren aktivlaridan olinadigan foydadan Ukrainaga ötkazilişi taklif qilinayotgan summani ham aytib ötdi: uning hisob-kitoblariga köra, bu yiliga 3 milliard yevroni taşkil qiladi. U Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga taqdim etgan taklifga köra, mablağlar Ukrainaga harbiy yordam sotib oliş uçun Yevropa tinçlik jamğarmasiga, şuningdek, Ukraina harbiy sanoatini rivojlantiriş uçun YeI budjetiga ötkazilişi kerak. Uning sözlariga köra, 18 mart kuni bölib ötgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar kengaşida bu taklif ijobiy baholangan. 

Keça Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysi aytganidek, uning 21-22 mart kunlari bölib ötadigan YeI sammitida tasdiqlanişi dargumon, çunki mamlakatlarda Borrel taklifini tahlil qiliş uçun juda oz vaqt bölgan.

Şu bilan birga, Ukraina boş vaziri Denis Şmixal Borrel bilan qöşma matbuot anjumanida Rossiya Markaziy bankining muzlatilgan aktivlari butun miqdorini musodara qiliş zarurligini aytdi: Yevropa Ittifoqida bu taxminan 210 milliard yevroni taşkil qiladi. «Yevropa va butun dunyo tajovuzkorni vayron qiliş uçun katta narx tölaşga majbur qiladigan samarali pretsedentga muhtoj», dedi u.