Kelgusi ön yilliklarda dunyoning aksariyat qismlarida tuğilgan bolalar soni sezilarli darajada kamayadi. Va bu sayyorada katta ijtimoiy özgarişlarga olib kelişi mumkin. Tuğilişning pasayişi şu qadar jiddiy böladiki, 2050 yilga borib, mamlakatlarning törtdan uç qismidan köproği öz aholisi köpayişini ta’minlay olmaydi. U qisqaradi va asr oxiriga borib, mamlakatlarning 97 foizidan ortiği bu muammoga duç keladi.
Bu Soğliqni saqlaş körsatkiçlari va baholaş instituti (IHME) tomonidan ötkazilgan yangi global tuğiliş tadqiqotining asosiy xulosasi. Unda dunyo çuqur demografik inqirozga uçraşi başorat qilinmoqda. Köpgina mintaqalarda tuğiliş darajasi pasayişi, Sahroi Kabirdagi Afrika mamlakatlarida köpayişi kutilmoqda.
Asr oxiriga borib, tuğilişning qariyb 77 foizi kam daromadli mamlakatlarda sodir böladi. Taqqoslaş uçun, 2021 yilda dunyodagi çaqaloqlarning 29 foizi Sahroi Kabirdagi Afrikada tuğilgan. 2100 yilga borib, bu uluş 54 foizdan oşadi.
Bu holat muayyan iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni keltirib çiqaradi. Dunyoning köp qismi qisqarib borayotgan işçi kuçi va qarigan aholiga qanday ğamxörlik qiliş bilan kuraşişga majbur böladi. Va çeklangan resurslarga ega bölgan Afrika davlatlari iqtisodiy çeklovlar va siyosiy beqarorlik şaroitida yoş aholi sonining köpayişiga doş berişga majbur böladi.
Tadqiqot mualliflarining fikriça, muvozanatli migratsiya siyosati bu böliniş oqibatlarini yumşata oladi.
Bundan taşqari, rivojlangan mamlakatlar ota-onalarni yanada jiddiy qöllab-quvvatlaş, masalan, ota-ona ta’tillarini uzaytiriş, moddiy rağbatlantiriş, bandlik imtiyozlari va boşqa çoralar orqali bunga qarşi kuraşişi mumkin.












