Ukrainada uruşning 757-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Krasnoyarsk ölkasida bir qança koloniyalarni yopiş rejalaştirilmoqda. Mahbuslarning aksar qismi uruşga ketgani tufayli qamoqxonalar böşab qolgan.
  • Rossiyada aviatsiya bombalarini ommaviy işlab çiqariş yölga qöyildi, deb hisob berdi Sergey Şoyguga mudofaa zavodlari direktori.
  • Mikolayiv öqqa tutilişi oqibatida bir kişi halok bölib, olti kişi yaralangan.
  • RF mudofaa vazirligi Belgorod oblasti ustida Vampire baravar öt oçiş reaktiv tizimining 10 ta snaryadi urib tuşirilgani haqida ma’lum qildi. Belgorod öqqa tutilişi vaqtida beş kişi jarohatlangan.
  • Çegaradagi Grayvoron şahri ma’muriyati mahalliy aholini Belgorod oblastini tark etişga çaqirdi.

Kiyev öqqa tutilişi

Rossiya qöşini 21 martga ötar keçasi Kiyev böylab raketa zarbalari yölladi. Bu Ukraina poytaxti sönggi 44 kun içida ilk bor öqqa tutilişi böldi. Şahar meri Vitaliy Kliçko Şevçenkovo va Svyatoşinskiy rayonlarida 10 kişi jarohatlanganini ma’lum qilgan. Ularning ikki nafari şifoxonaga yotqizilgan. RF qöşini bosqinning ilk kunlaridan buyon Kiyevni öqqa tutib keladi.

Kiyev aholisi raketa zarbasi vaqtida metro stansiyalaridan biriga tuşib yaşirindi
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev öqqa tutilişi vaqtida röy bergan portlaşlardan biri
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning ma’lumotiga köra, Rossiya raketalari Svyatoşinskiy va Şevçenkovo rayonlaridagi turar joy binolarini şikastlagan. Podolsk rayonida raketa parçalari işlab çiqariş korxonalari ustiga tuşgan.
Vadim Ghirda / AP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xabar berişiça, 21 mart tongida Kiyev şahri va Kiyev oblasti uzra 30 ga yaqin raketa urib tuşirilgan