Qozoğiston Yevroda öynamaydi, Ukrainada yana bir qadam qoldi
|20:39 / 22.03.202429 17016 min
22 martga ötar keçasi Yevro-2024 saralaşi doirasida 12 jamoa yarimfinal öyinlarida maydonga tuşdi. Isroil dramatik keçgan bahsda yirik hisobda mağlubiyatga uçradi.
Foto: AFPFoto: AFP
Qozoğiston tanaffusga qadar 4 ta javobsiz gol ötkazib yubordi
Qozoğiston milliy jamoasining Yevro tomon şov-şuvli yurişi ayançli yakunlandi. «Loçinlar» Millatlar ligasi tufayli qöşimça imkoniyatga ega bölişgandi, ammo bu yölda Gretsiya tösiğidan öta olmadi. Qozoğistonliklar «ellinlar»ga heç qanday qarşilik körsata olmasdan, yirik hisobda yutqazişdi.
Magomed Adiyev muhim öyin arafasida milliy jamoaning asosiy futbolçilaridan biri — himoyaçi Nurali Alipni yöqotgandi. «Zenit» futbolçisining sariq kartoçkalari köpayib ketgandi, natijada murabbiy Erlanov — Maroçkin — Bistrov uçligidan iborat sxema tanladi.
Gustavo Poyyetda esa tarkib borasida jiddiy muammolar yöq edi — asosiy tarkibdagi çap qanot himoyaçisi Yannulis yöqligida uning örnini «Liverpul» vakili Tsimikas egalladi, Niderlandiyaning AZ klubida töp surayotgan töpurar hujumçi Pavlidis zaxirada qoldirildi, uning örnini «Panatinaikos» vakili Ioannidis egalladi.
Greklarning eng sermahsul hujumçisi zaxirada qolgani osiyoliklarni qutqara olmadi. 7-daqiqadayoq Kairov jarima maydoni içida Dimitriosga qarşi qöpollik işlatdi, penaltini esa Bakasetas işonçli tarzda ijro etdi. Ammo bu hali muammolarning boşlanişi edi — 15-daqiqada mezbonlar qozoqlar mudofaasini parokanda qildi va Pelkas qanotdan uzatilgan töpni boş bilan darvoza töriga mixladi.
Lekin greklar ikki goldan keyin ham xotirjamlikka berilmadi, Qozoğiston esa, aksinça, nursiz öyin körsatişda davom etdi — ahyon-ahyonda uyuştirilgan hujumlar xavfli tus olmadi. Mezbonlar esa ortiqça kuç sarflamasdan hisobni yirik körinişga keltirdi. 37-daqiqada Ioannidis Masurasning uzatmasidan uçinçi golni urdi; 40-daqiqada burçak töpidan keyin Kurbelis öz nomini tabloga yozdirib qöydi.
Mavzuga oid
Adiyev tanaffusda kerakli sözlarni topa olgandi, çunki tanaffusdan keyin Qozoğiston butunlay boşqaça öynay boşladi. Şunçalikki, 20 daqiqa davomida töpga egalik qilindi, bu oraliqda zarbalar böyiça hisob qozoqlar foydasiga 8:2 körinişini oldi — mehmonlar taslim bölişmagandi.
Ammo bu yordam bermadi. Mehmonlar baribir gol urişdi, ammo öz darvozasiga. Tapalov boş bilan töpni notöğri tomonga yönaltirdi va bitta ham javob goli ura olmagan qozoğistonliklar oğriqli mağlubiyatga könişdi.
Jamoa öz tarixida Yevropa çempionati saralaşidagi eng yaxşi iştirokini ötkazib, Daniya, Slovakiya va Finlandiya kabi kuçli raqiblarni mağlub etdi, ammo tarixiy muvaffaqiyatga erişa olmadi.
Ukraina 85-daqiqaga qadar hisobda ortda edi, ammo finalga çiqdi
Bu safargi Yevro saralaşi formulasi ğalati vaziyatni yuzaga keltirdi. Tarkibida Edegor va Holand kabi yulduzlar bölgan Norvegiya, şuningdek Isak va Kulusevski bilan Şvetsiya kuzdayoq Germaniya yöllanmasidan umid uzgandi. Lekin saralaş bosqiçida atigi bir oçko olgan Estoniya ötiş öyinlariga ötdi. Saralaş bosqiçida 10 öyindan yettitasida yutqazib, faqat Lixtenşteynni ortda qoldirgan Bosniya ham pley-off bosqiçida iştirok etdi. Barçasi Millatlar ligasi tufayli, uşbu turnirda öz guruhida yaxşi qatnaşgan Estoniya va Bosniya Yevro uçun ikkinçi imkonga ega bölişdi.
Ukraina milliy jamoasi ham asosiy turnirga yöllanma uçun ikkinçi imkoniyatga ega böldi, ammo jamoa klassik saralaş orqali ham yöllanma olişga yaqin kelgandi: Sergey Rebrov jamoasini sönggi turda Milanda durang ham qoniqtirgan bölardi, ammo italyanlar qiyinçiliksiz 2:1 hisobida ğalaba qozondi va raqibni ötiş öyinlariga yubordi. 12 jamoa iştirokidagi mini-turnir yarimfinalida esa Ukraina aynan Bosniyaga röbaru böldi.
Bosniyaliklarda muvaffaqiyat qozoniş imkoniyati u qadar yuqori emasdi, ammo qur’aga köra ular ukrainlarni öz uyida qabul qiladigan böldi. Tabiiyki, mezbonlar heç qanaqa oçiq futbol taklif etişmadi, Savo Miloşeviç jamoasi maksimal darajada raqib öyinini buzişni maqsad qilgandi va ular amalda buni uddalaşdi.
Ukrainlar tarkibida jarohat olgan Tsigankov yetişmadi, ammo «Jirona» vingerisiz ham hujum çiziği kuçli edi: Mudrik, Sudakov, Dovbik va Zubkov tezkorlik evaziga vaziyatlar yaratişi mumkin edi, ammo bosniyaliklar himoyada böş hududlar qoldirişmadi. Bolqon vakillari çuqur himoyalanişdi va raqibga töp bilan uzoq muomila qiliş imkonini berişmadi.
Şu tufayli öyin zerikarli va oğir tus oldi, ammo bu bosniyaliklarni mutlaqo taşvişga solmasdi. Ular vaziyatdan maksimum natija çiqarişga harakat qilişdi va ma’lum ma’noda birinçi bölimni raqibdan köra yaxşiroq ötkazişdi. Ukrainlarda tanaffusga qadar birorta yaqqol vaziyat yuzaga kelmadi va hatto biror zarba darvoza sohasiga bormadi, mezbonlar esa ikki bor golga juda yaqin kelişdi.
Miloşeviç asosiy e’tiborni standart vaziyatlarga qaratgandi: Bosniyaning burçak va jarima zarbalari xavfli tus oldi. Tanaffusdan keyin mehmonlar faolroq öynay boşlaşdi. Ammo birinçi bölimda xato qilişdan qörqib, ehtiyotkorona öynagan ukrainlar baribir xatoga yöl qöyişdi.
Barçasi burçak zarbasidan boşlandi: Bosniya birinçi urinişda natija çiqara olmadi, ammo ikkinçi temp muvaffaqiyat keltirdi. Dediç töpni pastlatib uzatdi, Mikolenko esa töpni öz darvozasiga yöllab qöydi.
Bu vaziyatda Xadjikaduniç juda aqlli harakat qildi. Hujum vaqtida ofsayd holatida ekanini bilgan futbolçi tezda örnidan turib, ortga qaytdi, bu epizod Mikolenkoni ham çalğitdi.
Miloşeviç darhol «avtobus qöydi». Bungaça ham kamdan kam hujum uyuştirgan Bosniya urilgan goldan keyin öz jarima maydoniga qamalib olişdi. Va ukrainlar uzoq vaqtgaça bunga çora topa olmadi.
Bolqonliklar ğalabani saqlab qoliş uçun barça zarur vositalarga egaligini anglagan holda, doimiy ravişda vaqt çözişdi. Ammo ular ikkinçi golni urişi va barça masalani oldinroq hal qilib qöyişi ham mumkin edi: 83-daqiqada zaxiradan öyinga tuşgan Pyaniç töpni Demiroviçga qulay qilib yetkazib berdi, ammo Lunin mehmonlarni qutqarib qold.
Öyin taqdirini Yaremçuk zaxiradan tuşişi hal qildi: «Valensiya» hujumçisi avvaliga Konoplining uzatmasidan keyin muvozanatni tikladi, bir neça daqiqa ötib Dovbikni golli assist bilan ta’minladi. Ukraina 85-daqiqada ham mağlubiyatga uçrayotgandi, ammo tezda barçasini özgartirib yubordi.
Qolgan vaqtda esa ruhiy ustunlikka ega bölgan mehmonlar ğalabani saqlab qolişdi. Ammo bu vazifa töliq uddalanmadi: seşanba kuni ular Yevro yöllanmasi uçun hal qiluvçi bahsda maydonga tuşadi — bu öyin şu kuni Isroilni yirik hisobda taslim etgan (4:1) Islandiyaga qarşi bölib ötadi.
Gurjistonliklar diskvalifikatsiya tufayli öynay olmagan Kvaratsxeliyasiz ham ustunlik qilişdi. Lyuksemburg birinçi bölimda öta nursiz öyin körsatdi va darvoza tomon birorta zarba yöllamadi. Mezbonlar safida esa birgina Zivzivadze avval darvoza ustunini möljalladi, keyin esa hisobni ham oçdi: töp burçakdan öyinga kiritilganda Olesen boş bilan yaxşi öynay olmadi va töpni Buduning oyoğiga taşlab berdi, u esa yuqori yaqin burçakni aniq nişonga oldi.
Ikkinçi bölimda Lyuksemburg qarşi hujumda ilk imkoniyatdayoq darvozani işğol etdi. Ammo keyin hakam golni bekor qildi va şu bilan bir vaqtda mehmonlar himoyaçisi Şanoni maydondan çetlatdi. Lyuksemburgliklar himoyaçisi golli hujum boşlanişidan oldin Moris Mikautadzeni sönggi umid foli bilan yiqitgani ma’lum böldi. Bu epizodlar orasida tanaffus yuzaga kelmagandi va şu tufayli arbitr faqat gol urilganidan keyingina takroriy vaziyatni körib çiqişi mumkin böldi. Keyinroq Zivzivadze Şengeliyaning uzatmasidan dubl rasmiylaştirdi va şu bilan öyin masalasi hal böldi.
Pley-offning nisbatan teng kuçli bölib köringan juftligida tezkor gol urildi. Ammo hisob bunday osonlik bilan oçilişi aldamçi tasavvur edi. Finnlar umidsiz holatda emasdi va bir neça bor javob goliga yaqin kelişdi. Şu bilan birga, ikkinçi gol ötkazib yuborilişi ham mumkin edi, ammo Jonson jarima maydonida böş şerigini topa olmadi va töpni darvoza törining taşqi tomoniga qarata tepdi. Bölim oxirlarida Uilyams Uilsonning tovon orqali bergan pasidan keyin ikkinçi golni ham urdi, ammo bir neça daqiqa ötib Pukki javob qaytardi, tajribali hujumçi Poxyanpalo pas uzatayotganda himoyaçilar ortida oçildi va sovuqqonlik bilan töpni yaqin burçakka yönaltirdi.
Faqat intriga uzoq saqlanib qolmadi — ikkinçi bölim boşida «ajdarlar» standart vaziyatda uçinçi golni urişdi. Uzatma, ikkinçi qavatdagi töp uçun kuraşdagi ustunlik, Bruksning töpga yana bir teginişi va Jonsonning bir metr masofadan urilgan goli — haqiqiy britança klassika. Devisning goli ofsayd tufayli bekor qilinişi esa heç narsani özgartirmadi. Finnlar boşqa javob qaytara olmadi, öyin oxirida esa himoyaçining qöpol xatosi Deniyel Jyeyms maydon markazidan çopib borib, öyinga mantiqiy yakun yasaşiga olib keldi.
Isroil harbiy mojaro boşlanganidan buyon uy uçraşuvlarini Vengriyadagi betaraf maydonda ötkazmoqda, jamoa bu yerda hali umuman ğalabaga erişa olmagan. Saralaş bosqiçi guruh öyinlari doirasida Şveytsariya bilan sönggi daqiqalarda hisob tenglaştirilgan bölsa (1:1), ruminlar bilan öyinda kuzgi saralaş öyinlarigaça ikki yil davomida milliy jamoa safida öynamagan 36 yoşli Zahavining tezkor goli oçko oliş uçun yetarli bölmagandi (1:2).
Payşanba kungi öyinda ham isroilliklar hisobni oçişdi. Lekin Zahavi özi işlagan va aniq bajargan penaltiga Islandiya uç daqiqa içida standart vaziyatlardan ikki gol uriş bilan javob qaytardi. Gvyudmundsson jarima zarbasini şunday ijro etdiki, Glazer töpga yetgan bölsa-da, golning oldini ololmadi. Traustason esa burçakdan uzatilgan töpni töxtatmasdan darvoza töriga yölladi.
Balki, öz muxlislari bilan töla bölgan tribunalar qarşisida isroilliklar öyinni qutqarib qoliş uçun köproq imkoniyatga ega bölgan bölardi, Buxarestda esa keraksiz vaziyatdagi qizil kartoçka isroilliklarning rejalarini buzib yubordi — Revivo maydon markazida oddiy vaziyatda töp örniga raqibni tepdi.
Isroil kutilmaganda yana bir imkonga ega böldi. Arbitr monitorga borib islandiyalik himoyaçi jarima maydoni içida qöl bilan öynaganini tasdiqladi, ammo Zahavining asablari doş bermadi. Jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurar ikkinçi 11 metrlik zarbani xato yölladi, buning ortidan Gvyudmundsson het-trik nişonladi. Endi Islandiyani ukrainlarga qarşi hal qiluvçi bahs kutmoqda.
Polyaklar öz vaqtida saralaş turnirlari qiroli deb hisoblanardi, ammo bu safar barçasi ança murakkab keçmoqda. «Oq burgutlar» beş turdan keyin atigi olti oçko olişgaç, Fernandu Santuş iste’foga çiqarildi, uning örniga yoşlar jamoasi murabbiyi Mixal Probej tayinlandi. Ötiş öyinlarida polyaklarga qulay raqib tuşdi va Estoniya bilan uçraşuv kutilganidek bir tomonlama harakat taşkil etilgan uçraşuvga aylandi.
Boltiqböyi jamoasi saralaş turnirida juda yomon qatnaşgandi — bir durang va yetti mağlubiyat, töplar nisbati 2-22! Va estonlar jamoasi faqat Millatlar ligasida öz guruhidagi eng yaxşi natijaga ega bölgan jamoa bölgani tufayligina qöşimça imkoniyatga ega böldi. Ammo jarohatlar girdobida qolgan jamoaga 38 yoşli Klavanning qaytişi ham yordam bermadi, estoniyaliklar özi Polşaning vazifasini yengillaştirib berişdi. Kallaste oddiy vaziyatda Frankovskiga hisobni oçişga qöyib berdi, Paskoçi esa 27-daqiqadayoq ikkinçi sariq kartoçkani olib maydonni tark etdi.
Faqat birinçi bölim kiçik hisobda yakunlangani ajablanarli edi. Ammo ikkinçi bölim boşlanişi bilan Zelinski Zalevskining uzatmasini darvozaga yölladi. Estoniyaliklar yana ma’lum vaqt çidab berişdi, ammo baribir hisob yirik köriniş oldi. Endi polyaklarni Uelsga qarşi hal qiluvçi bahs kutmoqda.
26 mart kungi final uçraşuvlarida quyidagi jamoalar özaro öynaydi:
Gurjiston — Gretsiya
Uels — Polşa
Islandiya — Ukraina