Rossiya armiyasi Ukrainaga navbatdagi yopirilma raketa zarbalarini yölladi. 22 martga ötar keçasi butun mamlakat hududlari böylab havo trevogasi e’lon qilingan.
Energetika vaziri German Galuşenko rossiyaliklarning bu safargi zarbalarini sönggi vaqtlarda Ukraina energetika tizimiga qilingan eng keng kölamli hujum deb atagan. «Maqsad — şunçaki şikastlantiriş emas, balki ötgan yilda bölgani kabi mamlakat energiya tizimi faoliyatida keng miqyosli uzilişlar keltirib çiqarişga urinişdir», — deya yozgan vazir feysbuk sahifasida.
Vazirning sözlariga köra, turli oblastlarda işlab çiqariş inşootlari, elektr uzatiş va tarqatiş tizimlarida zarbalar va şikastlanişlar qayd etilgan. Qator regionlarda elektr ta’minotida uzilişlar yuzaga kelgan.
Xarkivda RF harbiylari energetika infratuzilmalari böylab 15 dan ortiq zarbalar yölladi, deya xabar qilgan oblast harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov. Şahar amalda töliq elektr va içimlik suv ta’minotisiz qolgan.
Zaporijjyada rossiyalik harbiylar 12 ta raketa zarbasi bergan, deggan oblast ma’muriyati rahbari Ivan Fedorov. Dastlabki ma’lumotlarga köra, yettita uy vayron bölib, yana 35 tasi şikastlangan. Yaralanganlar bor.
Şuningdek, Zaporijjya AES faoliyati töxtaş yoqasiga kelgan — hujum vaqtida okkupatsiya ostidagi AESni Ukraina energiya tizimi bilan birlaştirib turuvçi «Dneprovskaya» taşqi havo elektr uzatiş liniyasi uzilgan.

Dnipropetrovsk oblastining Kriviy Rih şahrida dronlar va raketalarning birgalikdagi hujumi natijasida kritik infratuzilma obektlari şikastlangan, deb xabar qilgan şahar meri Oleksandr Vilkul. Şaharda avariyaviy öçiriş jadvallari joriy etilgan. Şifoxonalar va boşqa muhim infratuzilma obektlarida generatorlar yoqilgan.
«Dnipro, Kriviy Rih, Pavlograd va Kamensk hududlarida energetika obektlari şikastlangan. Portlaş tölqini uylarning oynalarini sindirib yuborgan. Svet va suv ta’minotida muammolar bor. Öçiriş jadvallari joriy qilinadi», — deya yozgan Dnipropetrovsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak.
Z-kanallar ham DniproGES böylab zarba haqida xabar berişgan. Okkupatsiya ostidagi Mariupol şahrining Ukraina tomonidan tayinlangan qonuniy meri Petro Andryuşenkoning ma’lum qilişiça, Rossiya raketasi Dnipro GES töğoni böylab harakatlangan trolleybusga kelib urilgan. Uning sözlariga köra, trolleybusda işga ketayotgan tinç aholi vakillari bölgan. Andryuşenko zarba oqibatlari aks etgan fotoni namoyiş etgan. GES hududida harakat töxtatilgan.















